«Qiroliça janobi oliyalari özining suyukli turmuş örtoği şahzoda Filipp, Edinburg gersogi vafot etganini ma'lum qiladi. Hazrati oliylari bugun tongda Vindzor saroyida sokin jon berdi», deb yozilgan bayonotda.
It is with deep sorrow that Her Majesty The Queen has announced the death of her beloved husband, His Royal Highness The Prince Philip, Duke of Edinburgh.
— The Royal Family (@RoyalFamily) April 9, 2021
His Royal Highness passed away peacefully this morning at Windsor Castle. pic.twitter.com/XOIDQqlFPn
1921 yilda tuğilgan şahzoda Filipp 1947 yildan buyon qiroliça Yelizaveta bilan yaşab kelayotgandi. Oila qurilganidan 5 yil ötib Yelizaveta qiroliça bölgan. Ularning 4 nafar farzandi, 8 nafar nabirasi va 10 nafar evarasi bor.
10 iyun kuni u 100 yoşga tölgan bölardi. Şahzoda Filipp turmuş örtoğining yubileyidan ikki hafta oldin jon berdi – 21 aprel kuni qiroliça 95 yoşni qarşilaydi.
Qiroliçaning turmuş örtoği 2017 yildan ommaviy tadbirlarda köriniş bermay qöygandi.
Yanvar oyida Yelizaveta II va turmuş örtoği koronavirusga qarşi emlangandi. 17 fevral kuni şahzoda özini yomon his qila boşlagaç, şifoxonaga yotqizilgandi. Xabarlarda bu koronavirus bilan boğliq emasligi aytilgandi. Mart oyida yuragidagi kasallik tufayli muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini boşdan keçirgani ma'lum böldi. Operatsiyadan keyin uni reabilitatsiya uçun qirol Eduard VII nomidagi şifoxonaga yotqizişdi. Şundan keyin mart oyi örtalarida saroyga qaytgandi.
U 1921 yilda Gretsiyaning Korfu orolida, Glyuksburglar sulolasi oilasida tuğilgan. Germaniya, Şotlandiya va Angliyada tahsil olgan. Şahzoda Filipp flotda xizmat qilgan va Ikkinçi jahon uruşida qatnaşgan.
1947 yilda Vestminster abbatligida Filipp va Yelizaveta II nikoh marosimi bölib ötgan. Şundan keyin u qirollik xonadoni a'zosi sifatida turli marosim va xayriya tadbirlarida faol qatnaşa boşlagan, qiroliçaga turli taşriflar vaqtida hamrohlik qilgan.

Foto: PA News/TASS























