Electrek naşrining xabar berişiça, Tesla kompaniyasi The Bay Area (San-Fransisko körfazi atrofidagi hudud) va Los-Anjyeles örtasidagi hududda joylaşgan Harris Ranch Supercharger quvvatlaş stansiyasini kengaytirmoqçi.

 Ayni vaqtda stansiyada 250 kilovattlik 18ta quvvatlaş ustuni örnatilgan. Endilikda Tesla stansiyada qöşimça ravişda 80dan köproq yangi ustun örnatmoqçi. 

 “Biz Tesla dunyodagi eng yirik quvvatlaş stansiyasini qurişga ariza berganini ma'lum qilişdan xursandmiz. Stansiyada 100dan köproq quvvatlaş ustuni böladi. U aynan bu yerda, Koalingdagi Xarris rançosida joylaşadi”, deb ma'lum qilingan Tesla’ning mahalliy hamkori Harris Ranch Inn & Restaurant bayonotida. 

 Ma'lum qilinişiça, loyiha qiymati 1,3 mln dollarni taşkil qiladi. Kompaniya har bir yangi ustun uçun örtaça 16 ming dollar sarflaydi.

Hozirda elektromobillar uçun dunyodagi eng yirik quvvatlaş stansiyasi Şanhaydagi Tesla Supercharger hisoblanadi. Stansiya 120 kilovattlik 72ta quvvatlaş ustuniga ega.