Qoraqalpoğistonning Amudaryo tumanida 23 mart kuni yangi qurilayotgan temiryöl köprigining bir qismi qulab tuşdi.

Bu Amudaryo ustidan ötuvçi köprikka olib boruvçi temiryöl köprigi hisoblanadi. Köprik qismining qulaşiga olib keluvçi sabab aniq emas.

Tuman hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirdi. Qayd etilişiça, Şavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga taşrifi davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatini boğlovçi Amudaryo ustiga avtomobil va temiryöl qöşma köprigini quriş işlari boşlangan.

Yangi köprik qurilişi loyihasiga buyurtmaçi etib «Özbekiston temiryöllari» aksiyadorlik jamiyati, boş loyihaçi etib «Boştransloyiha» aksiyadorlik jamiyati, boş pudratçi etib «Özbekiston temiryöllari» aksiyadorlik jamiyatining tarkibiy bölinmalari belgilangan.

Amudaryo tumani hududidan Xorazm viloyati hududiga temiryöl transporti tarmoğini yölga qöyiş maqsadida Amudaryo tumani hududining şimoliy qismidan ötuvçi A-380 Ğuzor–Buxoro–Nukus–Beynev avtomobli yölining 717–718-kilometr oraliğidan osma köprik ötkazilgan.

Uşbu köprikka 14-sonli köprik quriliş otryadi tomonidan vaqtinçalik tayanç balkalar örnatilgan. Mazkur balkalar köprik qurilişida vaqtinçalik vazifa bajaruvçi, yordamçi vosita hisoblanadi. Hodisa oqibatida heç kim jabr körmagan.

Hozirda uşbu holatga oydinlik kiritiş maqsadida Toşkent şahridan tegişli mutaxassislar va laboratoriya xodimlari çaqirilgan.