Amudaryo tumanidagi daryoga yondoş töqayzorda kelib çiqqan yonğin yuzasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya qömitasi rasmiy ma'lumot berdi.
Ma'lum bölişiça, yonğinning boşlaniş nuqtasi Nazarxon uçastkasi yaqinidagi hudud qöşni davlat (Turkmaniston)ga tegişliligi aniqlangan. Mazkur hudud Amudaryo daryosining örtasida joylaşgan orol bölib, umumiy maydoni 562 gektar. Şundan, 420 gektar yer maydoni Quyi Amudaryo biosfera rezervatiga tegişli va 142 gektari Turkmaniston Respublikasi hududi hisoblanadi.
Yonğinni bartaraf etiş böyiça texnika vositalarining boriş imkoniyati qiyin bölsa-da, 27 noyabr kuni yer suriş texnikalari yonğinni öçirişga jalb etildi. 28 noyabr kuni ixotalaş orqali olov töxtatildi. Lekin tungi vaqtda esgan şamol qayta alangalanişga olib kelgan. 30 noyabr kuni soat 10:00 larda yonğin tarqalişi töliq bartaraf etilgan. Lekin FVV xabarida yonğinni 30 noyabr kuni soat 03:30da öçirişga erişilgani ma'lum qilingandi.
Qöşimça qilinişiça, hozirda yonğin qayta alangalanmasligiga qaratilgan tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Dastlabki örganişlar böyiça taxminan 30-35 gektar atrofidagi töqayzorga zarar yetgan. Yonğin sababi va zararni aniqlaşga doir örganiş işlari davom ettirilmoqda.
Ma'lumot uçun, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy va Amudaryo tumanlari hududlarida joylaşgan. Umumiy maydoni 68 717,8 gektarni taşkil qiladi. Mazkur biosfera rezervatining Nazarxon bölimidagi 11-aylanma töqayzor örmonida yonğin sodir bölgan.
- Bundan oldinroq Qoraqalpoğistondagi örmonzorda sodir bölgan yonğin öçirilgani haqida xabar berilgandi.











