"Ta’tilda ustaxonaga kelib, ota-onamga yordam beraman. Çangyutgiçlarni oçib, tayyorlab beraman. Boğçadaligimdan ustaxonaga kelaman. Hozir jihozlarni özim mustaqil oçib, sozlay olaman. Uydagi elektronika qurilmalari buzilib qolsa ham ta’mirlayveraman. Köçada öynagim kelmaydi. Taşqarida bekorçi bölib yuriş yoqmaydi. Uning örniga ustaxonaga kelib iş örganganim yaxşi.

Tasviriy san’at bilan adabiyotga qiziqaman. Ona tili fani unça yoqmaydi. Matematika va ingliz tilidan kursga boraman. Katta bölsam, jurnalist bölmoqçiman. Ota-onamni çet elga olib boraman", - deydi 12 yoşli usta qiz.

Ustalar oilasi kuniga 10-15 elektronika qurilmalarini ta’mirlaydi. Şuning orqasidan oilaning daromadi ham ançagina.

“Qizim esini taniganidan beri şu sohaga qiziqadi. Men ham şu sohadaligim uçun uyda ham köp iş buyuraman. Uyda nimadir buzilib qolsa, asosiy yordamçim - şu. Katta qizim turmuşga çiqib ketdi. Kiçik qizim yonimda yordamçi. Hozir ustaxonaga kelib ham barçasini örganyapti", - deydi Zilolaning onasi Nilufar Yavkaşeva.

Qazaqboyevlar oilasining barça a’zosi elektronika jihozlarini ta’mirlaydi. Oilada jami 5 kişi bor. Oila boşi Ergaş Qazaqboyev ustaçilikni 2014 yili boşlagan. Şundan keyin eri yoniga ayoli Nilufar Yavkaşeva ham qöşildi. Yoş Nilufardan taşqari uning ikki akasi Doniyor va Diyorbek ham ustaçilik bilan şuğullanişadi.