Prezident Şavkat Mirziyoyev yoşlar masalasida videoselektor yiğilişida Buxoro viloyatidagi holatni ham tanqid qildi va yoşlar bilan işlaş köngildagidek bölmagan hududlar rahbarlarining bir oylik iş haqlarini olib qoliş böyiça topşiriq berdi.
«Buxorodagi aksariyat tumanlarda yoşlar bilan işlaş köngildagidek emas. Viloyat hokimiga topşiriq – bu tumanlar hokimlarining bir oylik iş haqlari olib qolinsin. Yoşlar bilan şuğullanmayaptimi, unaqa xiyonatçilar bizga kerak emas.
Qöçqorov, Işmetov, Husanov, Yoşlar agentligi bir oy muddatda yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş borasidagi imkoniyatlarni yanada kengaytiriş va bandligini ta'minlaş böyiça quyidagi yangi mexanizmlarni joriy etişi zarur va şart.
Jumladan, 1 maydan boşlab agar korxona va kompaniyalar yoşlarni işga qabul qilsa, korxonalarga uşbu xodimlar uçun tölangan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi.
Bu orqali joriy yilda kamida 500 ming yoşlarni işga qabul qilgan tadbirkorlarni rağbatlantiriş mexanizmi yaratiladi va tadbirkorlar ixtiyorida bir yilda 1 trillion sömdan ziyod mablağ qoladi.
Bunda Samarqand, Farğonada – 110 milliard sömdan, Andijon, Qaşqadaryo, Surxondaryoda – 95 milliard sömdan, Toşkent viloyatida – 80 milliard söm, Namangan, Toşkent şahrida – 70 milliard sömdan, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoroda – 65 milliard sömdan, Xorazmda – 60 milliard söm, Jizzax, Navoiyda – 40 milliard sömdan, Sirdaryoda – 20 milliard söm mablağ tadbirkorlar ixtiyorida qoladi.
Şuningdek, 1 iyundan boşlab, «yoşlar daftari»ga kirgan talabalar korxona va kompaniyalarda amaliyot ötaganda, ularga 500 ming sömgaça subsidiya ajratiladi.
Birinçi marta işga kirgan kasb-hunar markazlari bitiruvçilari 6 oygaça daromad soliğini tölaşdan ozod etiladi», deya davlat rahbarining sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Yiğilişda ma'lum qilinişiça, 1 maydan boşlab «Yoşlar daftari»ga kirgan 5 nafardan ortiq işsizlar bandligini ta'minlagan tadbirkorlarga davlat mulki ijarasi uçun 50 foizgaça imtiyoz beriladi.
Şu bilan birga, 1 maydan boşlab, xodimlari sonining kamida 70 foizi «yoşlar daftari»ga kirgan yoş tadbirkorlarga davlat mulki auksionsiz beriladi va ulardan 5 yil davomida ijara haqi undirilmaydi.
Bundan taşqari, 1 maydan boşlab, yoşlarga tadbirkorlik faoliyatiga kerakli asbob-uskunalarni xarid qiliş uçun 10 million sömgaça subsidiyalar beriladi.













