Yoşlar bandligi masalasida ötkazilgan yiğilişda prezident yoşlarni qişloq xöjaligiga jalb qiliş masalasiga töxtaldi.

«Tizimni yölga qöysak, yoşlarga imkoniyat bersak, oziq-ovqat xavfsizligi böyiça natijaga erişamiz. Oziq-ovqat xavfsizligi yerdan çiqadi, osmondan tuşmaydi.

Töğri, şakar yetiştira olmaymiz. Jizzaxdagi suv omborini lavlagi yetiştiriş uçun örganinglar degandim. Şakar va ösimlik yoği katta muammo, bu faqat bizda emas, butun dunyo böylab kun sayin narxi oşib boryapti.

Yoşlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş maqsadida, «yoşlar daftari»ga kirgan va dehqonçilik qilayotgan yoşlarga uruğlik va köçatlar xaridi uçun 2 million sömgaça subsidiya beriladi.

Ğaniyev, Husanov, Haitov bir hafta muddatda subsidiyaga ehtiyoji bor yoşlarning «mahallabay» röyxatini şakllantirib, mablağ ajratişni boşlasin.

Işmetov ikki oy muddatda subsidiyalar berişning oçiq-oşkoraligini ta'minlaş maqsadida «elektron platforma»ni işga tuşirsin va ijrosini şaxsan nazoratga olsin.

Viloyat, tuman (şahar) moliya bölimi boşliqlari özi yurib, mahallabay yoşlar bilan uçraşib, byurokratiya va korrupsiyasiz subsidiya ajratişga şaxsan javobgar.

Qöçqorov, Qudbiyev, Işmetov har oyda yoşlar tadbirkorligi va bandligi masalalari böyiça hokimlar va sektor rahbarlari faoliyatini tahlil qilib, yaxşi işlaganlarga oyligiga 50 foizgaça ustama beriş tizimini yölga qöysin. Işladimi, qandini ursin, pulini olsin. Qança qiyin böladi, qança katta pul ketadi, uyoğini sizlar öylamanglar», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.