Prezidentning “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi va Milliy olimpiya qömitasining:

  • agentlik boşqaruv xodimlari çeklangan sonini 2 baravarga köpaytiriş;
  • 2021 yil 1 apreldan boşlab yagona tarif setkasi böyiça mehnatga haq tölaşning tasdiqlangan razryadlariga köra agentlik xodimlari lavozim maoşlarini belgilaşda tarif koeffitsiyentlarini (1,5 baravar miqdorda) qöllaş;
  • agentlik boş direktorining maqomi, mehnatga haq tölaş, moddiy rağbatlantiriş va tibbiy xizmat körsatiş şartlariga köra vazir birinçi örinbosariga tenglaştiriş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.

Agentlikning yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi. Boş direktorga agentlik tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlar belgilangan umumiy çeklangan soni va mehnatga haq tölaş fondi doirasida özgartirişlar kiritiş huquqi berildi.

Agentlikka:

a) Butunjahon dopingga qarşi agentligi talablaridan kelib çiqib bir oy muddatda:

taqiqlangan moddalardan foydalaniş borasida sportçilar ariza va hujjatlarini örganib, xulosa çiqariş bilan şuğullanadigan Terapevtik istisno böyiça komissiya;

antidoping qoidalari buzilişi holatlarini örganib, qaror çiqariş bilan şuğullanadigan Axloq böyiça komissiya;

Terapevtik istisno böyiça komissiya xulosasi va Axloq böyiça komissiya qaroridan norozi tomon arizasini örganib, qaror çiqariş bilan şuğullanadigan Apellyatsiya böyiça komissiya faoliyatlarini samarali taşkil qiliş, ularni malakali mutaxassislar bilan töldiriş çoralarini köriş;

b) ikki hafta muddatda uşbu qaror mazmun-mohiyatini Butunjahon dopingga qarşi agentligiga yetkaziş çoralarini köriş topşirildi.

Moliya vazirligiga:

  • agentlik markaziy apparati uçun 2ta maxsus avtotransport vositasini xarid qiliş va saqlaş uçun limit ajratiş;