“Kun.uz” saytida “Surxondaryo viloyati hokimligi tadbirkorga pullarini bermagani sabab, qurib bitkazilgan qişloq oilaviy poliklinikasi faoliyat körsatmayapti” sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.
Maqolada “Şarğun toğ-kon servis” MÇJ buyurtmani bajargan bölsada, loyihada körsatilgan 1,2 mlrd sömni töliq ololmayotgani aytilgan.
Surxondaryo viloyat hokimligi uşbu maqolaga rasmiy munosabat bildirdi: “Yagona buyurtmaçi xizmati” “Şarğun toğ-kon servis” MÇJ bilan 1,2 mlrd sömga şartnoma tuzib, Uzun tumanidagi 79-sonli qişloq oilaviy poliklikasining tez tibbiy yordam şoxobçasida rekonstruksiya işlarini olib borgan.
2021 yilning 1 yanvarigaça “Şarğun toğ-kon servis” MÇJga 1,058 mlrd söm tölab berilgan. Pudrat şartnomasiga asosan qolgan 173 mln qarzdorlik summasi 2021 yilning mart oyida töliq tölab berilgani, hozirgi kunda uşbu obekt böyiça qarzdorlik mavjud emasligini ma'lum qilamiz", — deyiladi.











