“Dehqon xöjaligi töğrisida”gi va “Tomorqa xöjaligi töğrisida”gi qonunlarning tub mohiyati dehqon xöjaliklari a'zolari va yer egalarining ijtimoiy muhofazasini, şuningdek, ularning mulkiy huquqlari himoyasini kuçaytirişga qaratilgan.
Mazkur qonunlar aholining tomorqaga bölgan munosabatini ijobiy tomonga özgartirmoqda. Aholida bunday könikmani şakllantiriş uçun mutlaqo, yangi tizim asosida, uyma-uy yurib, tomorqaga ekin eqişni tarğibot qiliş işlariga keng jamoatçilik jalb qilinyapti. Bunda mutaxassislar, tajribali dehqonlarning ilğor tajribalarini ommalaştiriş va tomorqa yerlaridan foydalaniş samaradorligini oşirişga e'tibor qaratilyapti.

Hududlarda asosiy vazifasi dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalariga qişloq xöjalik mahsulotlarini yetiştiriş va sotişda amaliy yordam körsatadigan “Tomorqa xizmati” mas'uliyati çeklangan jamiyatlari taşkil etildi. Bular aholiga körsatayotgan amaliy yordam miqdori va sifati kun sayin oşib bormoqda.
Bugungi kunda Buxoro viloyatida 401327 ta dehqon xöjaligi va tomorqa yer egalari mavjud. Ularning ixtiyorida 43101 gektar ekin yerlari bor. Demak, asosiy ekin maydonlari aholi ixtiyorida ekan, tomorqa egasida uşbu imkoniyatdan oqilona va samarali foydalaniş könikmasini şakllantiriş zarur.
Viloyatda dehqonlarga berkitilgan jami 6234 gektar yerning 2656 gektariga ötgan yilning sentyabr–oktyabr oylarida, 3577 gektariga esa noyabr–dekabr oylarida töqsonbosti usulida sabzavot ekilgandi.
Barça tuman hokimliklari tomonidan 2021 yil aholi xonadonlarida ekinlarni joylaştiriş va mahsulot yetiştiriş prognoz hajmlari belgilab olindi. Joriy yilda dehqon xöjaliklari va tomorqa yer uçastkalarida 36867 gektar yerga bahorgi qişloq xöjalik ekinlari ekiş belgilangandi. Hozirgi kunga qadar 32252 gektar (87,5 foiz), şundan 20647 gektar sabzavot, 5002 gektar kartoşka, 386 gektar poliz, 5919 gektar yerga boşqa ekinlar ekilişi yakuniga yetkazilmoqda. Aholi tomorqalarida ekin ekilişini taşkil etişda yordamga muhtoj xonadonlarga alohida e'tibor berilmoqda. Ularning yerlarini ekişga tayyorlaşda 4200 ta xonadonga salohiyatli fermer xöjaliklar berkitilib, qişloq xöjalik ekinlari ekilişiga kömaklaşildi.

Viloyatda taşkil qilingan tomorqa xizmat mas'uliyati çeklangan jamiyatlari tomonidan joriy yilda 20945 gektar tomorqa yerlari haydab berildi. Şuningdek, aholi xonadonlariga zarur uruğliklar, mevali daraxtlar va uzum köçatlari yetkazib berildi.











