Fransiyada Çaddagi isyonçilar yetakçisi general Mahamat Nuri insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etişda gumonlanib qölga olindi. Bu haqda Alwihda Info portali xabar berdi.
General Nuri Çad hukumatida bir neça bor turli lavozimlarni, xususan, mudofaa vaziri va içki işlar vaziri lavozimlarini egallagan.
2006 yilda general mamlakat prezidenti Idris Debi bilan hamkorlik qilişdan boş tortgan va qurollangan muxolifatga rahbarlik qilgan. 2008 yil fevralda Nuri boşçiligidagi qurollangan guruh Çad poytaxtiga hujum qilgan, ammo çekinişga majbur bölgan.








