Toşkent viloyatida 14ta maktab va 15ta sinf karantinga olindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, joylardagi 18ta umumiy örta ta’lim maktabining öqituvçi va öquvçilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtiriş holatlari aniqlangani sababli mazkur maktablarda öquv jarayonlari masofaviy olib borilyapti.
Jumladan, Örta Çirçiq tumanidagi 3-, 54-sonli maktablar, Böka tumanidagi 2-sonli umumiy örta ta’lim maktabi, Çirçiq şahridagi 8-, 9-sonli, Piskent tumanidagi 36-sonli, Parkent tumanidagi 22-, 51-sonli, Toşkent tumanidagi 9-, 12-, 17-, 18-sonli hamda Olmaliq şahridagi 17-maktab, Nurafşon şahridagi 1-sonli maktablar öqiş jarayonlarini töliq onlayn rejimda olib borişyapti.
Şuningdek, Örta Çirçiq tumanidagi 50-sonli umumta’lim maktabining 3ta sinfi, Böka tumanidagi 6-maktabning 8ta sinfi va 15-maktabning 1ta sinfi, Zangiota tumanidagi 34-sonli umumta’lim maktabining 3ta sinfi karantin rejimiga ötkazilgan.
Mazkur maktablarning 30 nafar öquvçisi hamda 25 nafar öqituvçisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Toşkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşqarmasi bergan ma’lumotlariga köra, 19 aprel kuni 37 kişida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.









