«Qiynoqlar – tizim bilan boğliq». Huquq faoli muammo yeçimi uçun xususiy sektorlarga yöl berişni taklif qildi
|14:26 / 21.04.202115 06613 min
Özbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov Kun.uz'ga bergan intervyusida qiynoqlar va ularga barham berişning yeçimlari, jazoni ijro etiş muassasalariga taşkil etilayotgan monitoringlarning parda ortidagi jihatlari, mahkumlar huquqlari himoyasini ta’minlaş bilan boğliq muammolar haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
– Keyingi paytlarda yana matbuotda içki işlar tizimidagi va boşqa muassasalarda inson huquqlari buzilişi bilan boğliq bir qator ma’lumotlar sizib çiqa boşladi. Buni Kun.uz ham joylardagi muxbirlari orqali keng yoritib kelmoqda. Siz rahbarlik qilayotgan jamiyatga fuqarolar qaysi turdagi huquqbuzarliklardan köproq şikoyat qilişyapti?
– Jamiyatimizga sönggi paytlarda huquqni muhofaza qiliş idoralari, ayniqsa, içki işlar idoralari xodimlarining fuqarolarga nisbatan qöpol, şafqatsiz muomalada bölişi böyiça şikoyatlar köpaygan. Siz buni juda töğri aytdingiz. Mana, ötgan kuni Kun.uz’da Quvada içki işlar xodimi iştirokida sodir bölgan voqea xususida bir neça seriyadagi maqolalarni öqidik. Biz bu holatni ijtimoiy tarmoqlarda faol muhokama qilyapmiz.
Şu örinda ta’kidlaş kerak, 4–5 yil oldin odamlarda qanaqadir umid paydo bölib, qandaydir kötariliş bölgan bölsa, hozir uşbu kayfiyat ozgina turğunlaşdi. Vaziyatga, söz erkinligiga odamlar könikdi va turğunlik jarayonida siz aytgan faktlar yuzaga çiqaveradi. Sal oldinroq Çiroqçi va Andijonda, yaqindagina Quvada bölgani kabi voqealar bundan keyin ham çiqişda davom etadi. Faqat qiynoq degani, mening şaxsiy nuqtayi nazarimga köra, bu – yara. Yaraning tagida madda bor. Bizning jamiyatimizni şunday isloh qiliş kerakki, öşa yaralar çiqmasligi kerak. Ya’ni kasallikning manbasiga köproq e’tibor berişimiz kerak.
– Aytmoqçisizki, biz hozir yara bilan band bölib qolyapmiz...
– Albatta, hozirgi holatimizda qaysidir kasallikni davolamoqçi bölsak, birinçi navbatda qonni özgartirişimiz kerak. Qonni özgartiriş nimadan iborat?
Jamiyatimiz juda katta yuklama bilan yaşayapti. Masalan, tergov organi ham, IIO ham, xalqning özi ham. Çunki bizda hali tizimlar liberallaşgani yöq. Aytaylik, men ijtimoiy tarmoqlarda köpdan buyon aytib kelyapman: kelinglar, tergov tizimini ozgina liberallaştiraylik. Butun dunyo, ya’ni rivojlangan mamlakatlar qilgan işni qilaylik. Xususiy sektorlarga yöl beraylik. Xususiy detektivlar tizimini joriy qilaylik. Şu kabi liberallaştiriş yölidan bormasangiz, şunaqangi bir jamiyatni erkinlaştiriş, tizimni erkinlaştiriş yölidan bormaydigan bölsangiz, bunday qölbola mexanizmlar bilan boşqariş, yuqoridan buyruqlar bilan boşqariş samara bermaydi.
Mavzuga oid
Men doim bitta misolni keltiraman. Aytaylik, ğalla va paxtaga nisbatan davlat xaridlarining bekor qilinişi mamlakatimizda majburiy mehnat holatlarini ança kamaytirdi. Xuddi şu kabi muammolarni avtomatik ravişda hal qiliş kerak. Siz qiynoq haqida, beşafqat muomala turlari haqida gapirdingizmi, demak, bu illatlarga qarşi ana şunday tizimli, muqobil bölgan yöllar bilan kuraşiş kerak. Faqat prezidentning yoki xalqaro taşkilotlarning çaqiriği bilan bu masalalarni yengib bölmaydi.
– Avvalgi uçraşuvimizda mikrofonsiz keçgan suhbatimiz çoğida köpçilik qamoqxonalardan şikoyat qiladi, ammo aslida Özbekistonda qiynoqlar, kuç işlatişlar qamoqqaça bölgan jarayonda, tergov-suriştiruv jarayonida köproq kuzatiladi, degan edingiz. Keling, bugun şu haqda oçiqroq gaplaşsak. Bu muammoning yeçimini siz nimalarda körasiz?
– Yaqin ötmişda qamoqxonaning yomon şaroitlaridan yoki mahkumlarga nisbatan yomon muomala tufayli jazoni ijro etuvçi muassasalardan yuzlab jasadlar çiqqaniga könikkan edik. Ayniqsa, diniy oqimga mansublikda ayblangan mahkumlar orasida. Lekin bu narsa keyingi paytda sezilarli kamaydi.
Respublika komissiyasi tarkibida qamoqxonalarga kirib çiqyapmiz, ularni monitoring qilyapmiz. Qamoqxonalar avvalgi vaqtlarga qaraganda özgargan, yaxşilangan va sekin-sekin takomillaşib boradi. Çunki bu qamoqxona – mamlakat hayotining yuzi, mamlakat hayotining körsatkiçi. Avvalgi intervyuda ham aytganman, Özbekiston qamoqxonasini Finlandiya yo Norvegiya qamoqxonasiga soliştirmoqçi emasman. Bu ayni damda imkonsiz. Lekin uşbu yönalişda öziga xos bir özgarişlar bor, buni e’tirof etiş kerak.
Qiynoqlar masalasi tizim bilan boğliq. Tizim bugungi kunda juda katta bosimda. Muammo tergov, jinoyat-qidiruv bölimlari – hammasida iş kölami nihoyatda kattaligi, bu yerdagi xodimlar bosim bilan işlayotganiga borib taqaladi. Çunki mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy şaroit, pandemiya bilan boğliq iqtisodiy inqiroz jarayonlari jinoyatçilik, huquqbuzarlik körsatkiçlari ortişiga olib kelmoqda.
IIV yoki Milliy gvardiya siyosiy-profilaktik tadbirlarni olib boradigan idora bölsa, bularning xodimlarida malakasizlikdan, ma’lum darajada mas’uliyatsizlikdan taşqari umuman kadr yetişmovçiligi ham bor. Şuning uçun ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarimda aytib keldim, kelinglar, butun dunyo, rivojlangan mamlakatlar qilgan işni qilaylik. Xususiy sektorlarga yöl beraylik. Öziga xos raqobat bölsin.
Masalan, xususiy izquvarlar deymiz, rivojlangan mamlakatlar deymiz. Nega biz xususiy sektor imkoniyatlaridan foydalanmasligimiz kerak? Masalan, agar bugun siz detektivlarga erkinlik berib, ularga talablar qöyadigan bölsangiz, juda köp mutaxassislar kelib çiqadi. Juda köp odamlar işsiz yuribdi, ular ham iş bilan ta’minlanadi, bu tergov organiga ham ma’lum darajada yordam böladi.
Yuklamalar kamayişi va avtomatik mexanizmga tuşişi kerak. Hozirgidek birov birovni urib, keyin uning ortidan izoh berib, qaysidir xodimning xatosini tekislab yaşab bölmaydi.
– Tergov instituti agar xususiylaştirilsa, qiynoqlar va boşqa muammolarga çek qöyilişiga özingiz işonasizmi?
– Endi qiynoqlar hamma jamiyatlarda böladi. Bu kabi unsurlar aytganimdek, yara, lekin minimallaştiriş yölidan boriş kerak. Men faqat detektiv tizimini joriy qilişni aytayotganim yöq, butun tizimga liberal siyosatni kiritiş kerak. Tergov organini alohida mustaqil departamentga aylantiriş yoki Adliya vazirligiga ötkaziş böyiça neça yildan beri gaplar yuradi.
Qamoqxonalarni xususiylaştiriş nima uçun muhim? Insoniyat tarixidagi quldorlik tizimi nega bekor bölgan? Çunki insoniyat odamlarni qul qilib işlatişdan köra, ular bilan kelişib, ularni ongli ravişda işlatiş foydali ekanini tuşunib yetgan. Xuddi şunday biz hozir jamiyatni liberallaştiriş yölidan borişimiz kerak.
Qamoqxonalar xususiylaşib, xöjalik hisobiga ötadigan bölsa, birinçidan, davlatga tuşadigan bosim kamayadi, ikkinçidan, qiynoqlar öz-özidan yöqoladi. Çunki birorta xususiy korxona sizni yoki meni qamab ötirgan bölsa, mehnatimizdan foydalanib, kelişib işlatayotgan bölsa, uni qiynaşga nima hojat? Xuddi şunday jamiyatni isloh qilişda uni liberallaştiriş yölidan boriş kerak deb öylayman.
– Ombudsman tomonidan taşkil etilayotgan monitoringlarda içki jarayon qiziq. Ularning ayrimlarida bizning muxbirlar ham qatnaşdi. Lekin hammasida ham qatnaşayotganimiz yöq. Şu jarayonda komissiya borganda jazoni ijro etiş muassasalaridagi holatlar oldindan sahnalaştirilib körsatilmayaptimi?
– Gapingizni tuşundim. Agar şunday bölganda men bu komissiyadan çiqib ketgan bölardim. Haqiqatan bu yerda qandaydir darajada şaffoflik bor, lekin muammolar ham bor. Ya’ni tanlangan qamoqxonalarga boriş muammosi. Masalan, men bugun jamoatçilikni juda ham qiziqtirgan, huquqni muhofaza qiliş idoralari [sobiq] xodimlari ötirgan, öşa [sobiq] boş prokurorlar ötirgan, kerak bölsa, xavfsizlik idorasi [sobiq] rahbarlari ötirgan qamoqxonalardagi şaroitni, ularga munosabatni körişni xohlagan bölardim.
Komissiyaga bir neça marta murojaat qilib kelyapmiz. Böladi, böladi, mana şunçasi bölyapti-ku, deydi. Lekin siz aytgandek bu yerda inssenirovka yöq, çunki monitoring tadbirlariga borganimiz uçun davlat bizga heç qanday pul tölamaydi, muayyan manfaatdorlik yöq. Agar qandaydir «sahnalaştiriş» holatlarini sezganimda, men komissiya tarkibidan çiqib ketgan bölardim. Şundoq ham işimiz köp.
Tovoqsoydagi yoki Çirçiqdagi, viloyatlardagi katta koloniyalarga bordik. Endi şaroitlar har xil. Qamoqxona boşliğining tadbirkorligidan boşlab, qamoqxona boşliğining qoş-qovoğigaça boğliq mahbuslarga munosabat, aytaylik, juda qöpol odam öşa qamoqxonaga boşliq bölgan bölsa, xudo urdi.
– Ohangarondagi manzil koloniyada mahkumning telefonidan diniy mazmundagi material topilgani uçun u qiynoqqa solingani haqida xabarlar tarqaldi, lekin IIV buni rad edi. Birlamçi tibbiyot tekşiruvi çoğida mahkumning tanasida heç qanday jarohat alomatlari aniqlanmagani asos qilib keltirildi. Qamoqxonalardagi tibbiyot punktlari IIV tasarrufida ekani, uning çizgan çiziğidan çiqmasligi, bu ular berayotgan xulosalarning şubhaga olinişiga olib kelmaydimi? Qançalik xolis bu tibbiyot xulosalari?
– Endi IIV özidagi kamçilikni qançalik yaşirişga harakat qilmasin, uni hayotning özi körsataveradi. Deylik, men bir nodavlat taşkiloti rahbariman. Menga juda köp qamoqxonalardan qönğiroqlar böladi. Oçiq turdagi manzil koloniyalardan qönğiroqlar böladi va özlarining ta’qibga olinayotgani, telefonidan har xil mazmundagi narsalar topilgani uçun javobgarlikka tortilgani haqida köplab qönğiroqlar böladi. Men ular bilan uzoq gaplaşaman, suriştiraman, haqiqatan şunday voqealar bölganini bilaman.
Albatta, IIV mana şu tizimning mas’uli sifatida bu holatni yaşirişga harakat qiladi. Aytaylik, keldi, men telefonimda qandaydir ma’ruza eşitib ötirganim uçun bir şapaloq urib ketdi. Şifokor boradi. Qarasa, heç narsa yöq. Endi uni isbotlaşning iloji yöq. Çunki kamera qöyilmagan. Bu – bir.
Ikkinçidan, biz öşa koloniyalarga safarimizda örgandik va koloniya ma’muriyatiga savol berdik. Şifokor, uning bir unvoni bor. Sizga böysunadigan odam. U qiynoq holatini qanday qilib jamoatçilikka yetkazib beradi? Yoki yuqoriga yetkazib beradi? Sizning qölingiz ostida, sizga böysunadigan odam. Şuning uçun Ombudsman bilan birgalikda komissiya Vazirlar Mahkamasiga tibbiyot tizimini töğridan töğri Soğliqni saqlaş vazirligiga böysundirişni sörab murojaatlar tayyorlagan.
Endi bu bilan ham muammo hal bölib qolmaydi. Çunki qamoqxonalarning tibbiyot bölimlariga berilayotgan maoşlar oilaviy poliklinikalar, oçiqdagi tibbiyot punktlarinikidan ham kam. Şunga qaramay ular juda qat’iy tartibda işlaşadi. Taşqaridagi kabi u yoqdan bu yoqdan keladigan mijoz yöq yoki qöl haqi taşlab ketadigan odam yöq. Mahkumdan nimasidan oladi? Şuning uçun u yerda ham öziga xos muammolar yuzaga kelgan.
Ramazon oyi hozir. Qamoqxonalarda IIV Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi biz rözalarga ruxsat berdik deb iddao qilyapti. Rözaga, ibodatga ma’lum darajada ruxsat bergandan keyin mahkumlar telefonini kavlaydi. Biri ma’ruza eşitadi, boşqasi diniy adabiyotlarni öqir. Yuqorida aytganimdek, qoş-qovoği sal mundayroq qamoqxona boşliği qattiqqöllik bilan muomala qiladigan bölsa, albatta, buni IIV, ularning rahbariyati boşqalari xaspöşlaşga harakat qiladi. Lekin bu bilan uzoqqa borib bölmaydi. Yuqorida aytganimdek, tizimni özgartirmagunimizça IIV holatlarni yaşirib, bu narsalar sodir bölaveradi. Muammo kamaymaydi, demoqçiman.
– Mahkumlarning röza tutişi, boşqa diniy ibodatlarni ado etişiga rostdan ham erkinliklar yaratilganmi? Mahkumlar bilan heç xoli suhbatlaşib kördingizmi? Ular buni tasdiqlaşdimi?
– Ötgan yil Tovoqsoydagi koloniyaga bordik. Boşliği özi harbiy, lekin dinga muhabbati bor ekan, şuning uçun mahkumlarga bu borada qandaydir şaroit yaratgan. Boşqa jazoni ijro etiş muassasalarida, masalan, ayollar koloniyasida Karimova degan komendant bor ekan. U menga farqi yöq deb aytyapti. Men yöriqnoma böyiça nima bölsa şuni bajaraman, deyapti.
Tovoqsoydagi boşliq aytadiki, men hamma şaroitlarni yaratganman, mayli, endi sal bölsa ham şaroit qilib berilgan deydi. Men formalilarga köpam işonmayman, şuning uçun tekşirib körsam maylimi desam marhamat dedi. Keyin bir neça rözadorni olib keldi. Özim taniganlar bilan gaplaşdim. Rostdan röza tutişyapti, namozlarini öqişadi. Lekin öşa turmaning tartibiga amal qilgan holda.
Ya’ni mahbus hali oğiz oçilmasdan soat 6da keçki ovqatga bordi. Keçki ovqatini yemasdan amallaganiça çöntagiga solib xonasiga olib keladi. Yotadigan joyida kun botayotganda oğzini oçib, oşxonadan olib kelgan ovqatini yeydi yoki saharlikka biror nimalarini olib qöyadi. Endi albatta bu qandaydir qiyinçiliklarni yuzaga keltiradi, ammo qonunlar nuqtayi nazaridan mahkumlarga e’tiqod uçun töliq imkoniyat yaratilişi mumkin emas. Buni ham töğri tuşunaman, çunki biz dunyoviy, konstitutsiyaviy davlatmiz, şuning uçun bunday mamlakatda qonunlar, tartiblar ustuvor bölişi kerak.