«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Taşanov sönggi vaqtlarda öziga nisbatan turli bosimlar oşib borayotganini ma’lum qildi.

Xususan, 26 yanvar kuni Hindistonga uçayotganida, Toşkent xalqaro aeroportida uning pasportini olib qöyib, 1 soatdan ortiq uşlab turişgan hamda haqoratomuz munosabatda bölişgan.

«Dehliga juda yomon kayfiyatda uçyapman. Aeroportda narsalarimni titib taşlaşdi, pasportimni olib qöyib, bir soatdan ortiq uşlab ötirişdi. Yeçintirib, çotimgaça tekşirişdi. Öta haqoratomuz munosabatda bölişdi. Kimga şikoyat qilaman, hatto bilmayman.

Aeroport xodimlarining yuz-közida xijolatçilik sezdim. «Aka, xizmatçilik, sizni taniymiz» deyişdi. Bunaqangi haqoratomuz munosabatdan söng ortga qaytmoqçi böldim, şerigim şaştimdan qaytardi. Şarafsizlar.

Huquq himoyaçisi böla turib, özgalar huquqini himoya qilib, şarafsizlar oldida ojiz qoldim. Soğliğimga putur yetdi, ötgan hafta şifoxonadan çiqqandim. Ming la’nat!» — deb yozgan huquq faoli.

Abdurahmon Taşanov 24 yanvar kuni özining Facebook’dagi sahifasiga muqobil ravişda kiriş holati aniqlangani haqida yozgan edi.

Şuningdek, Taşanov 22 yanvar kuni özi haqida kompromat yiğişga urinayotganlar borligi hamda bu borada bir neça xatlar olganini yozgan edi.

«Ğamxörlarimizning biz haqimizda kompromat yiğişga urinayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Keça bu borada bir neça xatlar oldim. Nazarimda, nimadir qilişmoqçi, qandini ursin. Bu soyalar va qoyalar kuraşi, qurbon bölsak, açinmayman», – degan Taşanov öz postida.

Abdurahmon Taşanov Özbekistondagi mustaqil «Ezgulik» inson huquqlari jamiyatining rahbari hisoblanadi. U muntazam ravişda jamiyatdagi turli siyosiy-ijtimoiy mavzularda mahalliy va xorijiy OAVda