Ombudsman matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, 1600 öringa ega bölgan Respublikada yagona ayollar jazoni ijro etiş muassasasida hozirda 500 nafardan ortiq mahkumalar saqlanmoqda, ularning 3 nafari voyaga yetmagan qizlar.

Ma'lum qilinişiça, yotoqxonalarda mahkumalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar talab darajasida, suhbatda ham heç bir mahkuma muassasa şaroiti yoki xodimlar muomalasidan şikoyat qilmagan.

Mahkumalar buyurtmaga qarab 400-700 ming sömgaça oylik iş haqi olişadi. Kasal va yoşi katta mahkumalar işga jalb qilinmaydi, kasb-hunarga örgatilgan ayollarga sertifikatlar beriladi.

Muassasadagi 2ta bolalar uyida 21 nafar ona 3 yoşgaça bölgan farzandlari bilan 24 soat davomida birga bölişi mumkin. Bolali mahkumalar majburiy işga jalb qilinmaydi, lekin ixtiyoriy ravişda işlaş istagini bildirsa, farzandlarini tarbiyaçi yoki hamşiralarga qoldirişi mumkin. Uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan mahkumalarning farzandlari 3 yoşdan keyin yaqin qarindoşlari yoki mahkumaning roziligiga asosan bolalar uyiga topşiriladi.

Örnatilgan tartibga köra, mahkumalar har 2 oyda bir marta körişga keluvçilar bilan, ularning qarindoşlik darajasiga qarab uzoq va qisqa muddatda uçraşişi mumkin.

Şuningdek, ombudsman örganişlari davomida tibbiyot xodimlarining oylik maoşlari kamligi sababli muassasadagi 8ta şifokor örni vakant ekani, oşxonalardagi idiş-tovoqlar almaştirilişi kerakligi aniqlangan.

Muassasa hududida mahkumalar mehnat bilan band bölişlari uçun şu oy oxirigaça yangi tikuv sexi qurilib, foydalanişga topşirilişi rejalaştirilmoqda.