Oyatulloh Xominaiy Isroilga «qattiq jazo» bilan tahdid qildi
Islom Respublikasi oliy rahbari Isroil «o‘zining jirkanch xarakterini ko‘rsatib, Eronga qarshi jinoyat sodir etgani»ni, endi Isroilni «achchiq qismat» kutayotganini ta’kidladi.

Foto: AP
Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy Isroilni Islom Respublikasiga zarba bergani uchun keskin qoraladi va buning uchun oqibatlar bilan tahdid qildi. Unga ko‘ra, Isroil «o‘zining jirkanch xarakterini ko‘rsatib, Eronga qarshi jinoyat sodir etgan». Shuning uchun Isroil «qattiq jazo» oladi, deya Xominaiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Eron OAV.
«Bu hujum bilan sionistik rejim o‘zi uchun achchiq qismatni ta’minladi, bunga albatta tayyorgarlik ko‘rishi kerak», deya qo‘shimcha qilgan oyatulloh.
Isroil harbiy-havo kuchlari 13 iyun, jumaga o‘tar kechasi Eron hududiga «ogohlantiruvchi zarba» berdi, shundan so‘ng Isroil havo hududini yopdi. Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar Erondagi yadroviy dastur va boshqa harbiy obektlarga aloqador o‘nlab nishonlarga qaratilgan.
13 iyun kuni ertalab TSAHAL Eronda bir kechada 100 dan ortiq nishonga zarba berilganini ma’lum qildi. Operatsiyaga 200 qiruvchi samolyot jalb qilingan.
Bundan tashqari, OAV xabarlariga ko‘ra, Islom Respublikasidagi harbiy va ilmiy rahbariyatga hujum qilingan. Xususan, zarbalar natijasida Eron yurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Bag‘iriy, Islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondoni Husayn Salomiy, eronlik yadro sohasidagi olimlar Fariddun Abbosiy-Davoniy va Muhammad Mehdi Tehronchi halok bo‘lgani ma’lum qilingan. Eron matbuotiga ko‘ra, oyatulloh Xominaiyning maslahatchisi Ali Shamxoniy og‘ir yaralangan.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Erdo‘g‘an: Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Pokiston bilan birdam
Jahon | 08:20
-
Tramp Netanyahuga qarshi korrupsiya ayblovini olib tashlashga chaqirdi
Jahon | 07:40
-
Rossiya tashqi razvedka xizmati va MRB muloqotni davom ettirishga kelishib oldi
Jahon | 07:32
-
Isroil G‘arbiy sohildagi qochqinlar lagerida 1000 dan ortiq uyni vayron qildi
Jahon | 07:26
Mavzuga oid

09:00
Germaniya Isroil bilan birga «kibergumbaz» yaratish rejasini e’lon qildi

08:24
Isroil armiyasi Livan janubiga hujum qildi

07:26
Isroil G‘arbiy sohildagi qochqinlar lagerida 1000 dan ortiq uyni vayron qildi

23:02 / 28.06.2025