Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi işlab çiqqan qonun loyihasida mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qiladigan mansabdor şaxslarning barça toifalari qamrab olingani, ularning orasida prezident va boş vazir ham borligi ma'lum qilingan edi.

Kun.uz muxbiri Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning Aksilkorrupsiya agentligi tayyorlagan qonun loyihasiga munosabati, başarti qonun kuçga kirgan taqdirda, mol-mulki va topayotgan daromadlari böyiça deklaratsiya topşirib borişi yoki bormasligi bilan qiziqdi.

«Özbekistonda qonun ustuvorligini ta'minlaş uçun qonunçilikdagi barça talablar bajarilişi lozim. Qonunda belgilangan har bir talab albatta bajariladi. Bu rivojlangan davlatlarda sinovdan ötgan ijobiy amaliyot. Barçamiz mamlakatimizda oçiqlik, oşkoralik tamoyillariga töliq rioya qilişimiz zarur», – deya Jahongir Ortiqxöjayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi mas'ul xodimi Ötkirbek Namozboyev hozirda uşbu loyiha kelişiş uçun tegişli organlarga kiritilganini aytgan edi.

«Mansabdor şaxslarning barça doirasi qamrab olingan. Hujjat qabul qiliş vakolati bölgan barça mansabdor şaxslar – quyidan tortib yuqorigaça bölgan mansabdor şaxslar doirasi qamrab olingan. Ya'ni prezident, boş vazir... Umuman, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, respublika taşkilotlari, hokimliklar, sud, prokuratura – ularning barçasi biz tayyorlagan qonun loyihasida [mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilişi] nazarda tutilgan», – degan edi u.