Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi işlab çiqqan qonun loyihasida mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qiladigan mansabdor şaxslarning barça toifalari qamrab olingani, ularning orasida prezident va boş vazir ham borligi ma'lum qilingan edi.
Kun.uz muxbiri Qaşqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning Aksilkorrupsiya agentligi tayyorlagan qonun loyihasiga munosabati, başarti qonun kuçga kirgan taqdirda, mol-mulki va topayotgan daromadlari böyiça deklaratsiya topşirib borişi yoki bormasligi bilan qiziqdi.
«Albatta, mol-mulk va topayotgan daromadni deklaratsiyalaş masalasi bugun tösatdan yuzaga çiqqan masala emas, bunga ikki-uç yil davomidagi muhokamalarda tayyorgarlik körildi. Qolaversa, mazkur qonunning kuçga kirişi bugungi zamonning talabi. Biz bunga tayyormiz. Şaxsan özim ham bunga tayyorman. Tölaqonli holatda. Qolaversa mazkur qonunning qabul qilinişini, tezroq kuçga kirişini qöllab-quvvatlayman. Bu, birinçi navbatda, jamiyatda şaffoflikni, qaysidir ma'noda bir bosqiçga kötarilganligini ta'minlaydigan bölsa, ikkinçidan har bir rahbar, har bir şaxs umuman olganda kim bölişidan qat'i nazar jamiyat a'zosi sifatida özining davlat oldidagi majburiyatini yoki qonunlarga nisbatan hurmatini körsatib beradi, degan fikrdaman», – deya Zoyir Mirzayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi mas'ul xodimi Ötkirbek Namozboyev hozirda uşbu loyiha kelişiş uçun tegişli organlarga kiritilganini aytgan edi.
«Mansabdor şaxslarning barça doirasi qamrab olingan. Hujjat qabul qiliş vakolati bölgan barça mansabdor şaxslar – quyidan tortib yuqorigaça bölgan mansabdor şaxslar doirasi qamrab olingan. Ya'ni prezident, boş vazir... Umuman, prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, respublika taşkilotlari, hokimliklar, sud, prokuratura – ularning barçasi biz tayyorlagan qonun loyihasida [mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilişi] nazarda tutilgan», – degan edi u.
Şuningdek, avvalroq, Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev ham mol-mulki va daromadlari böyiça deklaratsiya topşirib borişga tayyorligini ma'lum qilgan edi.
















