Estrada xonandasi va ayni kunda jazoni ijro etiş muassasasida jazo muddatini ötayotgan Jasur Umirov sodir etgan jinoyatni dastlabki bosqiçda tergovga qadar örganib, jinoyat işi qözğatişni rad etgan Kattaqörğon tuman IIB TB tergovçisi va tergov bölimi boşliğiga hayfsan, tuman IIB boşliğiga esa tanbeh berilgan. Viloyat IIB TB boşliğining örinbosari lavozimdan ozod qilinganligi bilan çegaralanilgan.

Jasur Umirov işi böyiça jinoyat işi qözğatişni rad etgan tergovçining harakatlari prokuratura tomonidan örganilayotgani xabar qilingandi.

Samarqand viloyat prokuraturasi Kun.uz’ga mazkur örganiş natijalariga oid ma'lumotni taqdim etdi.

Ta'kidlanişiça, Kattaqörğon şahar prokuraturasi tomonidan IIB tergovçisining xatti-harakatlari ustidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilib, tergovçi dalillarni soxtalaştirmagani, körsatuvlarni özgaça tarzda qayd etmagani, tergovga qadar tekşiruv harakatlarida iştirokçilarning körsatuvlarini özlarining sözlaridan yozib olgani aniqlangani sababli, unga nisbatan JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat işi qözğatişni rad etiş haqida qaror qabul qilingan. 

Şunga qaramay, uşbu holat böyiça qonuniy qaror qabul qiliş uçun dalillarni töplaş, tekşiriş va baholaşda kamçiliklarga yöl qöyganligi sababli tergovçiga nisbatan viloyat IIB boşliğining buyruği bilan "hayfsan" intizomiy jazosi qöllanilgan.

Şuningdek, mazkur holatda idoraviy nazoratni yetarli darajada ta'minlamagan Kattaqörğon tuman IIB TB boşliğiga "hayfsan", tuman IIB boşliğiga “tanbeh” intizomiy jazosi qöllanilgan. Viloyat IIB TB boşliğining örinbosari lavozimdan ozod qilinganligi bilan çegaralanilgan.

Ma'lumot uçun, Jasur Umirov va boşqalarga oid jinoyat işi tomonlarning şikoyati asosida Samarqand viloyat sudi tomonidan apellyatsiya tartibida körib çiqilib, hukm öz kuçida qoldirilgan.

Eslatib ötamiz, xonanda Jasur Umirovning voyaga yetmagan qizni zörlab, nomusiga tekkanligi holati yuzasidan JKning 118-moddasi bilan qözğatilgan jinoyat işi, sudda mazmunan körilib, aybdorlarga nisbatan sud hukmi bilan tegişli jazolar tayinlangan.