Markaziy Osiyodagi eng uzun daryo, ya'ni Sirdaryo özani Namangan viloyati Norin tumanining Çöja qişloği hududida paydo böladi. 

Aynan şu yerda Qoradaryo va Norin daryolari qöşiladi va Sirdaryoga aylanadi. 

Çöjaliklar ikki daryo oraliğida joylaşgani va suv uçun imkoniyat qulay bölgani bois qadimdan dehqonçilik bilan şuğullanişadi.

Ertapişar rediska, kartoşka, tarvuz va qovun ham şu qişloqda yetiştiriladi.

Usta dehqon Ahmadjon Mirzayev Qoradaryo böyida özlaştirilgan yerida ziroat işlarini olib bormoqda. U may oxiri iyun boşida pişadigan tarvuz ekkan.  Uning sözlariga köra, tarvuz köçati avval uy şaroitida, issiqxonalarda undirib olinadi. Söngra kiçik issiqxona usulida ekib çiqiladi. Ahmadjon aka şu dehqonçilik ortidan farzandlarini öqitmoqda, uyli-joyli qilmoqda.

Xalqimiz dasturxoniga qöyiladigan ilk rediskalarni ham çöjaliklar yetkazib beradi.  Erta pişgan rediskalar çet elga ham eksport qilinadi.