Qirğiz Respublikasining Öş viloyatini rivojlantiriş jamğarmasi direktori, Turizmni rivojlantiriş kengaşi raisi örinbosari Abdulqodir Aliyev boşçiligidagi delegatsiya amaliy taşrif bilan Namangan viloyatida böldi.

Öş viloyati delegatsiyasidan joy olgan “GIZ” loyihasi koordinatori, “Osh Travel”, “Pamir-Alay”, “Destination Osh”, “EcoDom”, “Sanrays”, “Muzbulak Travel” kabi yirik turistik kompaniyalar rahbarlari taşrif doirasida viloyatda turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub'yektlari vakillari bilan “B2B” şaklida muzokaralar ötkazişdi.

Buning natijasida Namangan viloyati turizmni rivojlantiriş hududiy boşqarmasi hamda Öş viloyatining turizmni rivojlantiriş kengaşi örtasida anglaşuv memorandumi imzolandi. Bundan taşqari, ikki viloyat turizm biznesi vakillari 20dan ortiq özaro şartnomaga imzo çekdi. Mazkur kelişuvlarda ikki viloyat örtasida sayyohlarni hududlararo jalb etiş böyiça loyihalar amalga oşiriladi.

Qirğizistonlik delegatsiya a'zolari taşrif munosabati bilan taşkil etilgan info-tur davomida bir qator e'tiborga molik turistik maskanlarni ziyorat qilişdi. Jumladan, Namangan şahridagi “ANAMED” diagnostika markazi, Yangi Özbekiston — yoşlar ziyo maskani axborot-kutubxonasi, “Afsonalar vodiysi” tematik parki, Çortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaraniy ziyoratgohi mehmonlar e'tiborini tortdi.