“Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Norma ijodkorligi sohasida qanday özgarişlar bor?
|05:16 / 26.04.202121 01410 min
2021 yil 20 aprel kuni prezident Şavkat Mirziyoyev “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi Qonunning yangi tahririni imzoladi. Şu bilan Özbekistonda 2012 yil 24 dekabrdan beri amalda bölib kelgan “Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida”gi 342-sonli Qonun öz kuçini yöqotib, endilikda normativ-huquqiy hujjatlar (NHH) ijodkorligi sohasidagi qonun hujjatlarining “onasi” yangi tahrirda qabul qilindi.
Uşbu Qonunda 2012 yilda qabul qilingan tahririga nisbatan bir qator muhim yangiliklarni uçratiş mumkin. Unda qonunçilikni raqamlaştiriş, tartibga soliş ta’sirini baholaş, jamoatçilik muhokamasi instituti va boşqa köplab yangiliklar öz aksini topgan.
Quyida qonunning ikki tahririni bir-biriga soliştiriş orqali yangi qonundagi yangi jihatlarni körib ötamiz.
Prinsiplar, yangi ta’rif va tuşunçalar, çek qöyilgan çalkaşliklar
Qonunning avvalgi tahriri 7 bob, 44 moddadan iborat bölsa, yangisi yangi normalar bilan töldirilgani hisobiga 8 bob, 60 moddadan iborat körinişga keltirilgan.
Yangi Qonunda NHH tuşunçasining ta’rifi va NHH turlarida özgarişlar bölmagan. Biroq, yangi Qonunda avvalgisidan farqli tarzda uşbu Qonunning prinsiplari keltirilgan. Ular quyidagilar:
konstitutsiyaviylik;
qonuniylik;
jismoniy va yuridik şaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiliş hamda ularning ustuvorligi;
oşkoralik;
ilmiylik;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solişning tizimliligi va kompleksliligi;
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solişning barqarorligi.
Qonunning 4-moddasida fuqarolar referendum yöli bilan NHH qabul qilişi mumkinligi körsatildi. Biroq buni fuqarolarga yangiça huquq berildi, deb tuşunmaslik lozim. Zero, fuqarolarning referendum yöli bilan NHH qabul qilişda qatnaşiş huquqi «Özbekiston Respublikasining referendumi töğrisida»gi Qonunda nazarda tutilgandi, endilikda uşbu Qonunda ham nazarda tutilmoqda.
Qonunning avvalgi tahriridagi “qonun hujjatlari” tuşunçasi köplab anglaşilmovçiliklarni keltirib çiqargani tufayli “qonunçilik hujjatlari” tuşunçasiga almaştirildi. Ya’ni, “NHHlar qonun hujjatlaridir va ular Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini taşkil qiladi” degan norma “NHHlar qonunçilik hujjatlari bölib, ular Özbekiston Respublikasining qonunçiligini taşkil etadi”. Körinib turibdiki, bu orqali
Mavzuga oid
qonunçilik
tuşunçasiga ham aniqlik kiritilmoqda va u NHHlar majmuini bildirişi ta’kidlanmoqda.
Yangi qonunda yana bir çalkaşlikka çek qöyilgan. Ya’ni, avvalgi tahrirda:
Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
Özbekiston Respublikasining qonunlari;
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlar deb atalgan. Bu esa yuqoridagi 3ta turdagi NHHni eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda Oliy Majlis tomonidan yoki referendum ötkaziş yöli bilan qabul qilinadigan NHHni bildiruvçi qonun tuşunçasi bilan çalkaştirişlarga sababçi böldi.
Yangi qonunda uşbu xatolik bartaraf etilib, yuqoridagi 3ta turdagi NHH qonunlar emas, qonun hujjatlari deb ta’riflandi.
Yangi Qonunda kodeks tuşunçasiga ta’rif berilgan. Unga köra, kodeks – huquqiy prinsiplar va normalarni mustahkamlovçi, birlaştiruvçi, tizimlaştiruvçi, şuningdek ijtimoiy munosabatlar eng muhim sohasining huquqiy jihatdan kompleks tartibga solinişini ta’minlovçi qonunni anglatadi.
Qonunni zabt etgan “yöl xaritasi”
Qonunda NHHlarning tarkibiy qismi sifatida ular bilan tasdiqlanadigan yöl xaritasi, nizom, qoidalar, yöriqnoma va boşqalarga ham qonun doirasida ta’rif berildi.
Jumladan:
nizom – davlat organlari va taşkilotlarning, ular tarkibiy bölinmalarining maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini taşkil etiş tartibini, şuningdek u yoki bu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soliş tartibini;
qoidalar – biror-bir faoliyatni amalga oşirişga doir talablarni;
ryeglament – davlat organlari va taşkilotlarning iş tartibini, şuningdek davlat organlari va taşkilotlar tomonidan ma’muriy tartib-taomillarni amalga oşiriş tartibini;
strategiya – mamlakat yoki muhim sohalarni örta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirişning eng asosiy yönalişlarini;
konsepsiya – u yoki bu sohadagi davlat siyosatining eng muhim ustuvorliklarini, maqsadlarini, asosiy yönalişlarini, vazifalarini va amalga oşiriliş mexanizmlarini;
doktrina – Özbekiston Respublikasining u yoki bu sohadagi milliy manfaatlarini ta’minlaş maqsadlari, vazifalari, prinsiplari va asosiy yönalişlarini;
dastur («yöl xaritasi») – u yoki bu sohadagi davlat siyosatining maqsadlariga erişilişini ta’minlaydigan tadbirlar (vazifalar, amalga oşiriş muddatlari, moliyalaştiriş manbalari va mas’ul ijroçilar böyiça özaro boğliq bölgan tadbirlar) va mexanizmlar tizimini belgilovçi tarkibiy qismlar sifatida ta’riflandi.
Qoidalari qonunda aks ettirilgan qonunosti hujjatlari öz kuçini yöqotgan deb topilişi lozimligi belgilandi. Bu talab qonunçilikda normalarning takroriyligini bartaraf etiş maqsadida kiritilgan, deyiş mumkin.
Qonunçilikda qadr topayotgan özbek tili
NHHlarni davlat tilida qabul qiliş talabining qöyilayotgani ham yangi qonunning eng muhim yutuqlaridan biridir. Şuningdek, davlat tilidagi NHH matni bilan uning boşqa tildagi matni örtasida tafovut bölgan taqdirda, NHHning davlat tilidagi matni qöllanilişi qoidasining örnatilayotgani ham quvonarli jihatlardan biri. Qançalik hayratlanarli bölmasin, uşbu qoidalar avvalgi qonunda mavjud emas edi.
NHH loyihasini jamoatçilikka e’lon qiliş talabi qonun doirasida belgilanmoqda
Yangi Qonundagi eng muhim yangiliklardan yana biri NHHlar loyihalarining jamoatçilik muhokamasi tartibining belgilanayotgani hisoblanadi. Endilikda NHH loyihasini işlab çiquvçi tomonidan uni qabul qiluvçi organga kiritişdan oldin loyiha NHHlar loyihalari muhokamasi portalida (regulation.gov.uz) jamoatçilik muhokamasini ötkaziş uçun joylaştirişi nazarda tutildi.
Loyihani portalda muhokama qiliş davomiyligi loyiha joylaştirilgan kundan e’tiboran 15 kundan kam bölmasligi belgilandi.
Şuningdek, loyiha böyiça jamoatçilik muhokamasi iştirokçilaridan tuşgan fikr-mulohazalarni va takliflarni hisobga oliş, ular rad etilgan taqdirda, işlab çiquvçi ularni rad etiş sababini asoslaşi şartligi belgilandi.
Aytiş joizki, NHHlarni jamoatçilik muhokamasidan ötkazmasdan qabul qiliş orqali turli şaxslarning manfaatlariga xizmat qiluvçi qoidalar belgilanib ketgan holatlar oz emas. Köramiz, uşbu talabga qançalik rioya etiladi.
Huquqiy eksperiment, korrupsiyaga qarşi ekspertiza
Yangi qonunga kiritilgan tuşunçalardan biri – huquqiy eksperimentdir. NHH qabul qiliş huquqiga ega bölgan organ tomonidan NHH samaradorligini, uning vaqtinça amal qilişini muayyan hududda va (yoki) şaxslar doirasi böyiça çeklagan holda örganiş huquqiy eksperiment hisoblanadi. Huquqiy eksperiment natijalariga köra, NHHni vaqt, muayyan hudud va (yoki) şaxslar doirasi böyiça çeklanmagan holda qabul qiliş masalasi hal qilinadi: yoki keng miqyosda qabul qilinadi yoki öz kuçini yöqotgan deb topiladi. Qayd etiş lozimki, uşbu tartib amaliyotda mavjud bölsa-da, mazkur qonunga kiritilmagandi.
NHH loyihalarining Adliya vazirligi va uning hududiy bölinmalari tomonidan NHH loyihalarini huquqiy ekspertizadan ötkaziş muddati hamda idoraviy NHHni davlat röyxatidan ötkaziş muddatlari qonunda aniq belgilab berildi. Unga köra, Vazirlik tomonidan qonun va qonunosti hujjatlarining huquqiy ekspertizasi 10 kun muddatda, idoraviy NHHni davlat röyxatidan ötkaziş 30 kunlik muddatda amalga oşirilişi belgilandi.
Şuningdek, Adliya vazirligining hududiy bölinmalari tomonidan:
xalq deputatlari viloyat, tuman, (şahar) Kengaşi qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi - 2 iş kuni içida;
viloyat, tuman, (şahar) hokimi qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi - 5 iş kuni içida ötkazilişi belgilandi.
Bundan taşqari, NHH va ular loyihalarining korrupsiyaga qarşi ekspertizasi uçun alohida modda ajratildi. Şunga köra, NHH loyihalarining korrupsiyaga qarşi ekspertizasi esa ular qabul qilinişining korrupsiya holatlari uçun imkoniyat yaratuvçi oqibatlarini umumiy baholaş, normativ-huquqiy hujjatlarni qöllaş jarayonida korrupsiya xususiyatiga ega xavflarning yuzaga kelişi ehtimolini prognoz qiliş maqsadida ötkazilişi nazarda tutildi.
Tartibga soliş ta’sirini baholaş “köprigi”
Yangi Qonun bilan tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga ta’sir körsatuvçi NHHlar va ularning loyihalari tartibga soliş ta’sirini baholaşdan ötkazilişi belgilandi.
Qonunda tartibga soliş ta’sirini baholaş tuşunçasiga ham ta’rif berilib, u NHH loyihasining qabul qilinişi natijasida yuzaga kelişi mumkin bölgan ehtimoliy oqibatlarni va uning tartibga soliş maqsadlariga erişilişini, şuningdek amaldagi NHHning uşbu NHH bilan tartibga soluvçi munosabatlarga ta’sirining samaradorligi va natijadorligini aniklaş va baholaşga qaratilgan çora-tadbirlar majmuidan iborat ekanligi nazarda tutildi.
Şuningdek, Adliya vazirligining NHHlar ijrosini taşkil etişga doir vakolatlari qonun doirasida mustahkamlandi.
Yangi qonunning muhim yangiliklaridan yana biri unga ilova tarzida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, şuningdeq ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylaştirişning yagona uslubiyoti tasdiqlangani böldi. Uşbu yagona uslubiyot barça turdagi NHH loyihalarini tuziş, ularni yuridik-texnik rasmiylaştiriş tartibini belgilab berdi. Bungaça bunday tartiblar har bir NHH turi uçun alohida işlab çiqilgan bölib, turli hujjatlarda belgilangan edi.