Norma’ning yozishicha, tartibga solish tizimini baholash (TSTB) − loyiha qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy oqibatlarni aniqlash va baholash, shuningdek normativ-huquqiy hujjat (NHH)ning tartibga solish maqsadlariga erishilganini, samaradorligini hamda tartibga solish usulini qo‘llashda vujudga kelgan oqibatlarni aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.
TSTB tizimini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida:
a) 2022 yil 1 yanvarga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi NHH loyihalari va qabul qilingan NHHlar tartibga solish ta'sirini baholashdan o‘tkaziladi:
- xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga yangi cheklovlar va yangi turdagi ruxsat berish tartib-taomillari, litsenziyalar joriy qilish yoki mavjud cheklov, ruxsat berish tartib-taomillari va litsenziyalanadigan faoliyat turlarini bozor ishtirokchilarining yanada kengroq doirasiga tatbiq qilishni;
- ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni yoki litsenziyalarni olish uchun qo‘shimcha talablar va shartlar joriy etishni;
- yuridik shaxslar ustav kapitalining eng kam miqdoriga nisbatan talablarni oshirishni;
- xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning belgilangan huquqlarini qisqartirish (kamaytirish) yoki ularga qo‘shimcha majburiyatlar yoxud qo‘shimcha xarajatlar joriy qilishni;
- xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga har qanday turdagi imtiyoz, kafolat, preferensiyalar belgilash, shuningdek yangi huquqlar, shu jumladan eksklyuziv huquqlar berishni;
b) 2022 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek atrof-muhitga ta'sir ko‘rsatuvchi barcha NHH loyihalari va qabul qilingan NHHlar tartibga solish ta'sirini baholashdan o‘tkaziladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta'sirini baholashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
NHH loyihalari quyidagi tartibda TSTBdan o‘tkaziladi:
1) tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga ta'sir ko‘rsatishni nazarda tutuvchi NHH loyihasi ishlab chiqilganda, Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq, TSTB bo‘yicha hisobot tayyorlanadi;









