29 sentabr kuni Milliy matbuot markazida Adliya vazirligi rasmiylari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.
Tadbirda 3666-sonli prezident qarorida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari qabul qilinişidan oldin portalga muhokama uçun joylaştiriş lozimligi belgilanganiga qaramay, uşbu talabga har doim ham rioya qilinmayotgani, şu bois uni qonun bilan mustahkamlaş kerakligi xususida savol berildi.
Savolga javoban Adliya vazirligi bölim boşliği Alibek Raxmetov yangi qabul qilinayotgan qonun bilan uşbu masalaga yeçim topilişini aytdi.
«Afsuski, bunday hujjatlar köp uçrayapti. Bularga nisbatan biz, albatta, qonunçilik talabiga rioya qilinmaganligi töğrisida xulosamizni beramiz. Uşbu tartibni qonun darajasida belgilaş lozimligi haqida töğri fikr bildirdingiz. Adliya vazirligi tomonidan «Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi yangi tahrirdagi qonun loyihasi işlab çiqilgan va uşbu loyihada qaysi hujjatlar jamoatçilik muhokamasidan ötişi, qaysilari ötmasligi töğrisidagi qoidalarni aniq belgilab qöyganmiz», – dedi Alibek Raxmetov.
Adliya vazirligi boşqarma boşliği Dilafruz Sufiyeva javobga qöşimça qilar ekan, yuqoridagi qonun bilan kelgusida har bitta normativ-huquqiy hujjat qabul qilinişidan oldin tartibga soliş ta'sirini baholaşdan ötkazilişi lozimligi, agarda jamoatçilik muhokamasiga e'lon qilinmasa, avtomatik ravişda qabul qilinmasligini bildirdi.
Ma'lumot uçun, prezidentning 3666-sonli qaroriga asosan, barça NHHlar loyihalari loyihani işlab çiquvçi taşkilotlar tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatçilik muhokamasi ötkazilişi uçun joylaştirilişi lozim. Ammo amaliyotda bu normaga rioya etilmasligi holatlari uçrab turibdi.















