Davlat tilida matni bölmagan loyihalar portal ma'muriyati tomonidan loyiha muallifini ogohlantirmasdan öçiriladi.

Qizil rangdagi uşbu yozuvni bir muddat oldin Özbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga kirganingizda körgan bölsangiz kerak. Uşbu qizil rangli yozuvdan taşqari, agar siz Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz)dan foydalangan bölsangiz, şubhasiz, binafşarang yoki yaşil rangli yozuvlarga ham duç kelgansiz. Bu yozuvlar haqida keyinroq töxtalamiz.

Davlat tilida matni bölmagan loyihalarning öçirilişiga oid tartib 2020 yil 20 apreldan qat'iy amal qila boşladi. Uşbu yangilik normativ-huquqiy hujjat (NHH)larning özbek tilida qabul qilinişiga ulkan zamin hozirlaşi turgan gap. Çunki, har qanday NHH qabul qilinişidan oldin loyiha körinişida böladi. Avval esa idoralarda bu kabi talab qöyilmagani uçun qonundan taşqari barça darajadagi qonunosti hujjatlarining faqat rus tilida qabul qilinişi holatlari tez-tez uçrab turardi. Norma ijodkorligi jarayonida davlat tili töğrisidagi qonunçilik esa bir çekkada unsiz köz yoşi tökardi.

Qaysi qonunçilik deysizmi?

Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga köra, Özbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boşqaruv organlarining boşqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinişi va e'lon qilinişi lozim.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentida Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalari Hukumatga davlat tilida, zarurat bölganda — rus tili va boşqa tillarga tarjima qilinib kiritilişi lozimligi belgilab qöyilgan.

Bundan taşqari, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 dekabrdagi 984-son qarori bilan Davlat tilini rivojlantiriş departamenti töğrisida nizom tasdiqlangan. Uşbu Nizomda Departamentning funksiyalaridan biri sifatida NHHlar loyihalari davlat tilida tayyorlanişi va kiritilişining monitoringini olib boriş, bu sohada qonun talablari buzilişi haqida davlat va xöjalik boşqaruvi organlariga tegişli körsatmalar yuboriş belgilangan.