Amaliyotni Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar boshqarmoqda. Mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an zarbaga uchrayotganlarni «terrorchilar» deb atab, ulardan ko‘pi yo‘q qilinganini ma'lum qilgan.

Shu bilan birga, Erdo‘g‘an Turkiya Iroqning hududiy yaxlitligini hurmat qilishini ta'kidlab o‘tgan. Iroq ushbu hodisalarga hozircha izoh bermagan. Avvalroq rasmiy Bag‘dod Anqara o‘z amaliyotlari bilan Iroqning suverenitetiga putur yetkazayotganini bir necha marotaba aytib o‘tgandi.

Turkiya fevral o‘rtasida Iroq shimolida Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi navbatdagi harbiy amaliyotini yakunlagandi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Anqara o‘z amaliyotlaridan nafaqat terrorchilarga qarshi kurashni, balki unga Iroq Kurdistonini chetlab o‘tishga imkon beradigan yangi yo‘nalishlarni topishni ko‘zlamoqda.