Amudaryo tumanida ayol eriga jahl qilib, beş yoşli qizini bolğa bilan urdi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, H. ismli ayol turmuş örtoği bilan janjallaşib qolgan. Eri unga: «Cen bilan yaşamayman, menga senday ayol kerak emas», — deb onasining uyiga ketib qolgan. Şundan söng ayol jahl ustida beş yoşli qizining boş qismiga bir neça marta bolğa bilan urgan. Bundan taşqari, ayol piçoq bilan uning boş va öng barmoq qismlariga bir neça marta qasddan urib, şikast yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga köra, qizda boş jarohati, boş miya yopiq jarohati, miya siljişi, boş suyagi öyilgan jarohati, böyin orqa tomon suyaklari sinişi, peşana jarohati aniqlangan. Şuningdek, hodisa oqibatida qizning öng qöl 3 va 4-barmoqlari singan, öng qöl 4-barmoqning tirnoği tuşgan, böyinning orqa tomoni şilingan.

Qayd etilişiça, jinoyat işlari böyiça tuman sudida uşbu holat körib çiqilib, jazo tayinlangan va ayol ehtiyot çorasi sifatida qamoqda saqlanmoqda.