Navoiy viloyatida qalbaki pulga savdo dökonlaridan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilgan şaxslar qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, fuqaro A.I. va uning 2 nafar şerigi Karmana tumanidagi 4 nafar tadbirkorning savdo dökonlarida oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilişgan. Ular tomonidan sotuvçilarga xarid uçun 4 dona 100 ming sömlik kupyuradagi qalbaki 400 ming söm berilgan. Boş prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Navoiy viloyati boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda A.I.ning yonida yana 1 dona 100 ming sömlik va 8 dona 50 ming sömlik kupyuradagi qalbaki pullar borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olingan.
Ekspertiza xulosasida, uşbu qalbaki pullar kompyuter texnikasi yordamida tayyorlanib, rangli printerda çop etilganligi qayd etilgan.
Mazkur holat yuzasidan A.I. va uning şeriklariga Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.










