Toşkentda fuqarolarga soxta pullarni ötkazib kelgan ikki yigit uşlangan. Bu haqda şahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Toşkent şahri Bektemir tumanida Azim ismli yigit telefonini sotmoqçi bölganida unga ikki yigit xaridor böladi.
Yigitlar telefonni Azimdan 300 dollarga sotib olişadi va unga pullarni berib ketişadi. Biroq köp ötmasdan pullar soxta ekani oydinlaşadi.
Çuv tuşganini anglagan Azim darhol IIBga murojaat qiladi. IIB xodimlarining tezkor suriştiruvlari natijasida Azimga soxta dollarlarni berib ketgan 1990 va 1998 yilda tuğilgan yigitlar uşlanadi.
Dastlabki suriştiruvda ikki yigit özaro til biriktirib tanişidan olgan soxta 1600 dollarni fuqarolarni aldab berib kelayotgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Bektemir tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ikki yigitga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.













