Andijonda qalbaki 500 ming dollarni ayirboshlashga uringan shaxslar qo‘lga olindi

Foto: Videodan kadr
DXX xodimlari Toshkent shahri, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida Rossiya hamda Turkiyadan keltirilgan qalbaki AQSh dollarlari muomalasiga chek qo‘ydi.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyatida yashovchi shaxs 50 dollarli kupyuralardan iborat bo‘lgan qalbaki 19 250 AQSh dollarini haqiqiy 10 ming dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, u Rossiyadan olib kelingan ushbu qalbaki kupyuralarni Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqarodan kelgusida o‘tkazish maqsadida sotib olgani aniqlanib, u ham qo‘lga olingan.
Shuningdek, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi ikki nafar shaxs qalbaki 500 ming dollarni xaridor bilan haqiqiy 325 ming dollarga ayirboshlashga kelishib, dastlab unga namuna sifatida Qirg‘izistondan olib kelingan 100 dollarlik kupyuralardan iborat qalbaki 7600 dollarni haqiqiy 5 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan «Erkin» YPX maskanida Lasetti avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Buxoro shahrida yashovchi, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsning yonida 100 dollarlik kupyuralardan iborat qalbaki 8900 dollar borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur fuqaro Turkiyada tayyorlanib, Qirg‘iziston orqali O‘zbekistonga olib kelingan ushbu qalbaki xorijiy valyutlarni kelgusida sotib, daromad topish maqsadida Toshkent shahriga kelayotgan bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh hukumati Harvard universitetiga chet ellik talabalarini o‘qishga qabul qilishni taqiqladi
Jahon | 00:39
-
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi
O‘zbekiston | 23:48 / 22.05.2025
-
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘irlik sodir etdi
Jamiyat | 23:34 / 22.05.2025
-
“Putinga yoqish uchun aytilgan gaplar” - ekspertlar Kobyakovning bayonoti haqida
Jahon | 23:21 / 22.05.2025
Mavzuga oid

07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi

11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

19:09 / 14.05.2025
Davlat xavfsizlik xizmatining koll-markazi ishga tushirildi

13:15 / 12.05.2025