Buxoro viloyati, Ğijduvon tumani IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda 100 ming sömlik qalbaki banknotalarni işlab çiqargan jinoiy guruh foş etildi.
Qayd qilinişiça, tumanning «Şarq» mahallasida yaşovçi, 2004 yilda tuğilgan S.A., Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanida yaşovçi, 2003 yilda tuğilgan Ş.B., 2004 yilda tuğilgan D.A., va 2002 yilda tuğilgan A.D.. oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bölib, qasddan jinoyat sodir qiliş yöliga ötib, 19 iyun kunidan 26 iyun kuniga qadar bölgan vaqt oraliğida, Buxoro şahrida joylaşgan köp qavatli uylardan birida vaqtinçalik ijaraga olgan xonadonda rangli printer yordamida 100 ming sömlik pul kupyuralarini köpaytiriş yöli bilan yasab, qalbaki pullarni savdo dökonlari va fuqarolarga ötkazib kelgan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.











