Ukraina Oliy Radasining inson huquqlari böyiça vakili Dmitriy Lubinets 12-avgust kuni matbuot anjumanida Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan buyon asirga taslim bölgan kamida 345 nafar ukrainalik harbiy öldirilganini bildirdi.

Lubinetsning sözlariga köra, uşbu raqam videoga qayd etilgan va Ukraina tomoni hujjatlaştirgan holatlarga asoslangan.

Uning ta’kidlaşiça, bu harbiylar asirga taslim böliş uçun zarur harakatlarni amalga oşirgan: qurollarini taşlagan, qöllarini kötarib çiqqan, yerga yotgan va jangni davom ettirmayotganini körsatgan. Şunga qaramay, Lubinets Rossiya harbiylari ularni yaqin masofadan otib öldirganini da’vo qildi.

Ukraina ombudsmani asirga taslim bölgan harbiy xizmatçilarni öldiriş Jeneva konvensiyalari nuqtai nazaridan harbiy jinoyat hisoblanişini ta’kidladi. Uning fikriça, bunday holatlar yuridik jihatdan harbiy asirlarni qatl etiş sifatida baholanişi kerak.

375 nafar asirlikda bölgan Ukraina fuqarosi halok bölgani aytildi

Lubinets yana Ukrainada Xalqaro Qizil Xoç qömitasi orqali harbiy asir sifatida tasdiqlanganidan keyin vafot etgan 375 nafar Ukraina fuqarosi haqida ma’lumot borligini bildirdi.

Uning tuşuntirişiça, bu raqamga nafaqat harbiy xizmatçilar, balki fuqarolar ham kiritilgan.

Ombudsmanning da’vosiga köra, uşbu 375 kişining jasadi keyinçalik Rossiya tomonidan Ukrainaga topşirilgan.

«Asirlarning 95 foizi qiynoqqa duç kelgan»

Lubinets Rossiyada saqlanayotgan ukrainalik harbiy asirlarga nisbatan qiynoqlarning köplab turlari qöllanganini ham da’vo qildi.

Uning sözlariga köra, Ukraina tomoni BMTning qiynoqlarni hujjatlaştiriş böyiça xalqaro standarti - Istanbul protokolida keltirilgan deyarli barça turdagi qiynoq usullaridan foydalanilgani haqida ma’lumotlarga ega.

Jumladan, u kaltaklaş, elektr toki bilan qiynaş, jinsiy zöravonlik, psixologik bosim, itlardan foydalangan holda qörqitiş va qatlni sahnalaştiriş kabi holatlarni sanab ötgan.

Lubinetsning ma’lum qilişiça, ukrainalik harbiy asirlar va uşlab turilgan fuqarolarga nisbatan 695 xil qiynoq şakli, şuningdek, saqlaş şaroitlari talabga javob bermagan 860 ta holat qayd etilgan.