Özbekistondagi ilk poliglotlar maktablaridan biri bölgan Global Elite School ma'muriyati boşlanğiç maktabga öquvçilar qabuli boşlangani haqida ota-onalarga eslatib ötadi. Hozirgi kunda maktabda 1—4 sinflardagi ta'lim yölga qöyilgan bölib, 2021-2022 öquv yilida 5- va 6-sinflarni oçiş rejalaştirilmoqda.

Maktabda unikal Koreya tizimi böyiça ta'lim beriladi va bolalar, 9 yil içida 9 ta tilni özlaştirib, haqiqiy poliglotlarga aylanişlari taklif etiladi. Öquvçilar koreys, rus, ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy va, hozirgi kunda tobora aktuallaşib borayotgan, dasturlaş tillarini örganadilar. Ta'lim tafsilotlari bilan maktab rasmiy saytida tanişib çiqişingiz mumkin.
Interaktiv doskalar, sensor panellar, proyektorlar, monobloklar, dunyo tillaridagi kitoblarni öz içiga qamrab oluvçi ulkan elektron kutubxona, 4 mahal ovqatlaniş va sinflardagi uy vazifalari tahlili – maktabda bolalarning bilimga bölgan qiziqişi birinçi örinda turadi. Bundan taşqari, bolalar darslardan xoli vaqtlarda taekvondo, kendo, xoreografiya, gimnastika, Koreya madaniyati, robototexnika kabi turli xil seksiya va tögaraklarda şuğullanişlari mumkin.

Global Elite School Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda universitet qoşidagi litsey bilan yaqin hamkorlik qiladi. Maktabni bitirganlaridan söng, litsey hamda TDIUga öqişga kirişda va kelgusida Janubiy Koreyada ta'lim olişda maktab öz öquvçilariga kömaklaşadi. Pandemiya oxirlab, xalqaro qatnovlar tiklanganidan söng maktab ma'muriyati har yilgi Koreya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy kabi xorijiy davlatlarda bölib ötadigan til amaliyotlarini yölga qöymoqçi.

Koreys va ingliz tili darslarini uşbu til sohiblari bölmiş öqituvçilar olib boradilar. Maşhur Koreya madaniyati tögaragini esa maktab direktori, 40 yillik tajribaga ega, 5 xil tilni özlaştirgan, öz ona yurti an'analari hamda urf-odatlari bilimdoni – janob Song Çang Sub olib boradi. «Biz barça bolalarimiz çet tillarda insonlar va maşinalar kömagisiz erkin sözlaşa olişlarini orzu qilamiz» - deya ta'kidlaydi maktab direktori.
Global Elite School poliglotlar maktabiga qabul töğrisida köproq ma'lumotlarga ega böliş uçun quyidagi telefon raqamlari böyiça qönğiroq qiling:









