Respublika işçi guruhi tomonidan 28 aprel kuni Çust, Pop, Töraqörğon tumanlaridagi fuqarolar uçun Çust tumanining Bibiona oromgohida sud-huquq masalalari böyiça ommaviy qabul ötkazildi. 

Qabulda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinçi örinbosari Robaxon Mahmudova rahbarligidagi Oliy sud sudyalari va viloyat, tuman (şahar) sudi raislari hamda sudyalari iştirok etişdi.

Ötkazilgan qabullar davomida fuqarolardan 45 ta fuqarolik, 89 ta jinoyat, 2 ta iqtisodiy va 17 ommaviy huquqiy munosabatlarga oid jami 138 ta murojaat kelib tuşdi. Şundan 28 ta murojaat ijobiy hal qilindi, 34 ta murojaat böyiça fuqarolardan apellyatsiya va kassatsiya böyiça ariza va şikoyatlari körib çiqiş uçun qabul qilindi.  76 ta murojaat böyiça huquqiy tuşuntiriş berildi. 

Ommaviy qabul doirasida tuman sudlari tomonidan sayyor sud majlislari ötkazildi. Jumladan, jinoyat işlari böyiça Pop tuman sudi raisi Dilmurod Madaminov tomonidan 6-sonli JIEMda ötkazilgan sayyor sud majlisida Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan 3 nafar mahkum jazoning ötalmagan qismidan şartli ravişda ozod qilindi, uşbu kodeksning 74-moddasiga köra 5 nafar mahkumning jazolari yengilroği bilan almaştirilib jazoni ijro etiş muassasasidan ozod etildi. Bundan taşqari, 17 nafar mahkum sud tomonidan tayinlangan jazoning ötalmagan qismini manzil-koloniyalarda ötaşi belgilandi.

Bundan taşqari, Pop tuman madaniyat markazida ötkazilgan sayyor sudda 6 nafar, Töraqörğon tuman sudida ötkazilgan sud majlisida 5 nafar jazoni ötayotgan şaxslar jazodan muddatidan oldin ozod qilindi.  

Tuman sudlari tomonidan jinoyat işi böyiça ötkazilgan sayyor sudlarda esa 4 sudlanuvçilarga qonun sanksiyasida belgilangan jazodan ham yengil jazo tayinlaş masalasida murojaatlari qanoatlantirib, ularga nisbatan yengil jazo tayinlangan. 

Sayyor qabul jarayonlari viloyat böylab davom etmoqda.