Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchko‘prikda gazga noqonuniy ulangan ohak sexi aniqlandi
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida noqonuniy yo‘l bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulangan ohak sexi aniqlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchko‘prik tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda tumanda faoliyat olib borayotgan MChJ rahbari M.T. jamiyatga qarashli ohak sexida qo‘lbola usulda tayyorlangan gaz yondirish moslamasini yuqori bosimli gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, foydalangani aniqlangan. Oqibatda «Hududgaz Farg‘ona» gaz ta'minoti filialiga 184,8 million so‘m zarar yetkazilgan.
Ta'kidlanishicha, hozirda holat yuzasidan M.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
16:36 / 29.05.2026