Bugun, 5 may kuni Buxoro şahar hokimligida navbatdan taşqari sessiya yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda viloyat hokimi Botir Zaripov hamda viloyat faollari iştirok etdi.

Kengaş yiğilişida taşkiliy masala körib çiqilib, Jamol Şuhratoviç Nosirov Buxoro şahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

Jamol Nosirov 1985 yil 12 iyunda Buxoro şahrida tavallud topgan. 2005 yili Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya öqituvçisi, psixolog mutaxassisligi böyiça tamomlagan. 2008 yili esa universitetning magistraturasini tugatgan.

Bir muddat «Kamolot» YoIH Buxoro viloyat Kengaşi raisi lavozimida ham mehnat qilgan.

Şundan söng 27-Jilvon saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga deputat etib saylangan. Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-Demokratik partiyasining fraksiyasi a'zosi bölgan.

2017 yildan 2020 yilga qadar Buxoro viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 

Jamol Nosirov 2020 yil 22 apreldan buyon Madaniyat vazirining birinçi örinbosari vazifasida işlab kelayotgan edi.

  • Bundan oldinroq, Kun.uz manbasi Jamol Nosirov boşqa işga ötişi munosabati bilan vazifasidan bilan ozod qilingani, uning vazirlikdagi örnini Bahodir Ahmedov egallagani xabar qilgandi.
  • Jamol Nosirov 2020 yil martidan Buxoro şahri hokimi vazifasini bajaruvçi bölgan, uç oy muqaddam lavozimga rasman tasdiqlangan Ötkir Jumayevning örnini egalladi.