Jamol Nosirov Buxoro viloyati ekologiya, atrof muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi boşliği etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Jamol Nosirov 1985 yil 12 iyunda Buxoro şahrida tuğilgan. 2005 yilda Buxoro davlat universitetini jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya öqituvçisi, psixolog mutaxassisligi böyiça tamomlagan.

U faoliyati davomida «Kamolot» YoIH Buxoro viloyati kengaşi raisi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Buxoro viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari (2017−2020), madaniyat vazirining birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan.

2021 yilda Buxoro şahri hokimi etib tayinlangan Jamol Nosirov 2024 yilning may oyi boşida soğliği yomonlaşgani sababli lavozimidan ozod etilgandi.