Temurbek öz maqsadlariga qanday erişayotgani va yana nimalarni maqsad qilgani haqida sözlab berdi.

Ehtimol, uning sözlari prezident maktablarida öqiş orzusida bölganlar yoki xorij universitetlariga grant yutişni maqsad qilganlarga motivatsiya berar.

«Oddiy odamlarning bolalari bunday maktabda öqiy olmasa kerak, deb öylardim»

— Prezident maktabiga kirişdan oldin men ham 9 yil oddiy maktabda öqiganman. Dastlab, bu maktabga kira olişimga unçalik işonmaganman. Sababi hujjat topşiriş uçun talablar juda yuqori edi, qolaversa, imtihon topşiriş uçun Toşkent şahridagi eng iqtidorli öquvçilar bir joyga yiğilgan. Şuning uçun öz imkoniyatimni pastroq baholaganman.

Undan oldinroq maktab oçilişi haqidagi xabarlarni internetda öqiganimda: «Zör maktab bölsa kerak, bolalar maza qilib öqişsa kerak», deb öylaganman. Menda ham oddiy odamlarning bolalari bunday maktablarda öqiy olmasa kerak degan fikr bor edi. Lekin qabul boşlanganda nega men özimni sinab körmasligim kerak, degan fikrga kelganman va hujjatlarimni topşirganman.

Imtihondagi şaffoflikni körib fikrlarim özgargan, bu maktab tanlab olingan öquvçilar uçun ekanini, moliyaviy kelib çiqişidan qat’i nazar, iqtidorlilar öqiy olişi mumkinligini tuşunganman.

«Heç narsa qilmay ötirsam, imkoniyatdan quruq qolardim...»

— Maktabga qabul qilingaç, birdaniga köçib kelmaganmiz. Boşida to moslaşib ketgunimizça uydan qatnaganmiz. Bir kuni maktabdan çiqib avtobus bekatiga ketayotganimda bir ayol prezident maktabidan çiqqanimni körib, maktab haqida qiziqdi va kutilmaganda söradi: «Bu maktabga kiriş uçun qança pul berding?»

Bundan oldin ham prezident maktabida öqiydiganlar haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli salbiy fikrlarni öqigandim. Şuning uçun men u ayolga imtihon şaffof ötişini, agar talablarga javob bersa, hamma bu maktabda öqişi mumkinligini tuşuntirişga harakat qildim. U ayol: «Ha, tuşunarli», dedi, lekin közida işonç körmadim.

Agar bolalarning özlarida işonç bölsa, maktab imtihonini topşirib körişlarini juda xohlagan bölardim. Har doim nimanidir xohlaydigan bölsak, heç bölmaganda harakat qilib körişimiz kerak. Agar men ham öşanda şubha qilib heç narsa qilmasdan ötirganimda, prezident maktabida öqiş imkonidan quruq qolgan bölardim.