O‘zbekiston | 09:00 / 07.05.2021
5952
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Manzara turar joy majmuasi: Yozda bitkazib topshiriladigan, tayyor ta'mirlangan co‘nggi xonadonlarni sotib olishga shoshiling!

Bizning Uylar Development kompaniyasi xaridorlarga qurilishning birinchi bosqichida foydali shartlar bilan yangi xonadonlarni taklif etadi.

Manzara turar joy majmuasida qurilishning birinchi va ikkinchi bosqichlaridagi uylarni sotish ishlari muvaffaqiyatli yakunlanmoqda. Birinchi bosqich uy-joylaridan oxirgi 21 ta xonadon qoldi. Ushbu xonadonlar yozda ko‘chib o‘tishga tayyor bo‘ladi. Hozirda sotuvda: 12 ta bir xonali, 7 ta ikki xonali va 2 ta uch xonali xonadonlar qolgan. Ularning barchasi tayyor va sifatli ta'mirlanib sotuvga chiqarilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Manzara turar joy majmuasi Yunusobod Business City mavzesida 74 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda bunyod etilmoqda. Birinchi bosqichdagi to‘qqiz qavatli uylar qurilgan bo‘lib, ularda 45 dan 105 kvadrat metr maydongacha bo‘lgan turli xil loyihalangan 270 ta xonadon xaridorlarni kutmoqda. Obekt shaharning eng baland nuqtalardan birida joylashganligi sabab xonadon egalari har kuni atrofning betakror manzarasini kuzatishlari mumkin.

Turar joy majmuasi va unga yaqin joyda yopiq qo‘riqlanadigan hudud, landshaft dizayniga ega shinam hovlilar, ko‘kalamzor sayr yo‘laklari, bolalar va sport maydonchalari, avtoturargoh, restoran, qahvaxonalar, qandolat do‘konlari, do‘konlar, dorixonalar va xizmat ko‘rsatish korxonalari, tez orada ochiladigan savdo maydonchalari bo‘ladi. Bu yerda hamma narsa puxta o‘ylangan va aholi farovon hayotiga xizmat qilishga mo‘ljallangan.

Manzara turar joy majmuasida joriy yilning kuziga qadar foydalanishga topshiriladigan ikkinchi bosqich ishlari allaqachon to‘liq amalga oshirilmoqda. Turar joy majmuasidan yaqin bir necha oy ichida ko‘chib o‘tishingiz mumkin bo‘lgan xonadonlarni qulay shartlarda sotib olish imkoniyatini boy bermang.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871 210 44 44

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid