Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçi 2-turida «Nasaf» öz maydonida «Al-Vahda» (BAA) klubini qabul qildi. Uşbu turnir nufuzi jihatidan Osiyo Çempionlar Ligasi Elit musobaqasidan keyingi örinda turadi.
14-oktabr kuni Qarşida ötkazilgan A guruhi bahsi mezbonlar uçun muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Birinçi bölimda «Al-Vahda» futbolçisi Fakundo Krupski uzoq masofadan ikkita aniq zarba yölladi. «Nasaf» gol bilan javob berişi mumkin edi, ammo boş hakam tomonidan belgilangan penaltini darvozabon Abduvohid Neʼmatov aniq amalga oşirolmadi. Uning zarbasini darvozabon qaytardi.
Ikkinçi bölim boşida Sardorbek Bahromov uzoq masofadan zarba yöllaganida töp rikoşet bilan raqib darvozasiga kirdi. Öyin oxirigaça mezbonlarda bir qança qulay imkoniyatlar böldi, ammo zarbalarga aniqlik yetişmadi.
«Nasaf» uşbu natijadan söng, 1 oçko bilan guruhda uçinçi örinni egallab turibdi. «Al-Vahda» 6 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda.
«Nasaf» turnirdagi navbatdagi öyinini 28-oktabr kuni öz maydonida «Al-Kuvayt»ga qarşi ötkazadi.
Osiyo Çempionlar Ligasi 2 turnirida 32 ta klub Ğarb va Şarq mintaqasiga ajratilgan holda 8 ta guruhda iştirok etmoqda. Guruhda 1- va 2-örinni egallagan klublar pley-off bosqiçiga yöl oladi.
OÇL-2. A guruhi, 2-tur
14-oktabr, Qarşi, «Markaziy» stadioni
NASAF (Özbekiston) - AL-VAHDA (BAA) 1:2
Gollar: Sardorbek Bahromov (47) - Fakundo Krupski (23, 39)
Boş hakam: Ahmad Ibrohim (Iordaniya)
«Nasaf»: Abduvohid Neʼmatov, Alibek Davronov (Dilşod Murtazoyev 74), Ğolib Ğaybullayev, Murodbek Rahmatov, Umarbek Eşmurodov, Adenis Şala, Zafarmurod Abdirahmatov (Diyorbek Abdunazarov 74), Şarof Muhitdinov, Oybek Rustamov (Sardorbek Bahromov 46), Abbosjon Ğulomov (Paata Guduşauri 74), Yusuf Otubanjo (Bobir Abdiholiqov 46)
Boş murabbiy: Röziqul Berdiyev
«Al-Vahda»: Fakundo Lirussi, Mansur Al-Minhaliy (Gonsalo Moura 79), Lukas Pimenta, Aminulla Majid, Muhammad Qurboniy, Adam Çerin, Abdulla Al-Minhaliy, Jadsom Mimias, Fakundo Krupski (Favur Ogbu 79), Kristian Benteke, Brahima Diarra (Aşer Ofega 68)











