Kun.uz muxbirining xabar berişiça, sud majlisida marhum Anvar Diyorovning ukasi Navröz Diyorov körsatma bergan. U körsatmasida akasi marhum Anvar Diyorovning vafot etganligi töğrisida dalolatnomani 2020 yil 5 fevralda olganini, dastlabki tergov jarayonida 100 mln söm olgani haqida qaçon tilxat yozib berganini eslolmasligini ta'kidladi.

Iş yakuniga köra sudlov hay'ati «SBK Universal Construction Group» MÇJning apellyatsiya şikoyatini qisman qanoatlantirdi va FIB Mirzo Uluğbek tumanlararo sudining 2020 yil 7 noyabrdagi hal qiluv qarorining 100 mln söm bir martalik kompensatsiya töloviga oid qismini bekor qildi. Qarorning ma'naviy zarar uçun 300 mln söm kompensatsiya undiriş töğrisidagi qismi özgarişsiz qoldi.

Apellyatsiya tartibida körilgan sud majlisi 30 aprel kuni boşlangan va unda javobgar taraf «SBK Universal Construction Group» MÇJning advokatining talabi bilan OAV vakillariga sudda audio va video yozuvlarni olişga ruxsat berilmagan edi.

Eslatib ötamiz, 2019 yil 18 dekabr kuni Toşkent metropoliteni Yunusobod yöli qurilişida avariya röy bergan, 6 nafar işçi tuproq ostida qolib halok bölgandi. Odamlar ölimiga olib kelgan hodisa aybdorlariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi 2020 yil 18 mart kuni, ayblilik masalasini hal qilmasdan turib tugatilgan.

Bir qança vaqtdan söng marhumlarning oila a'zolariga maxsus komissiya tayinlagan nafaqa pullarini yetarliça tölab berilmaganiga doir masala kötarildi.

Baxsiz hodisa tufayli halok bölgan Anvar Diyorovning yaqinlari biryöla va oyma-oy tölanadigan nafaqalar öz vaqtida tölab berilmagan degan vaj bilan «SBK Universal Construction Group» MÇJga nisbatan fuqarolik işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritgan. Uning da'vo talablari qanoatlantirilgan va sudning 2020 yil 7 noyabrdagi hal qiluv qaroriga köra javobgar «SBK Universal Construction Group» MÇJdan da'vogar Lobar Rahmonovaning 3 nafar farzandining har biriga, ular 16 yoşga tölgunga qadar har oyda 727 ming sömdan nafaqa, 100 mln söm bir martalik kompensatsiya va yetkazilgan ma'naviy zarar uçun 300 mln söm undiriş belgilangan edi.