2019 yil 18 dekabr kuni Toşkent metropoliteni Yunusobod yöli qurilişida avariya röy bergan, 6 nafar işçi tuproq ostida qolib halok bölgandi. Odamlar ölimiga olib kelgan hodisa aybdorlariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi 2020 yil 18 mart kuni, ayblilik masalasini hal qilmasdan turib tugatilgan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020 yilning 24 yanvardagi buyruğiga asosan tuzilgan komissiya ularning har biri uçun zarar tölovini oliş huquqiga ega bölgan qaramoğidagi şaxslarga 261,9 mln sömdan (marhum Z.Karimovga 281 mln söm tayinlangan) biryöla tölanadigan nafaqa belgilagan.
Ammo, bir qança vaqtdan söng marhumlarning oila a'zolariga maxsus komissiya tayinlagan nafaqa pullarini yetarliça tölab berilmaganligiga doir masala kötarildi.
Baxsiz hodisa tufayli halok bölgan Anvar Diyorovning yaqinlari biryöla va oyma-oy tölanadigan nafaqalar öz vaqtida tölab berilmagan degan vaj bilan «SBK Universal Construction Group» MÇJga nisbatan fuqarolik işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritgan.
Boquvçisini yöqotgan da'vogar Lobar Rahmonova (marhum A.Diyorovning bevasi) sudda oilaning farzandlari uçun tayinlangan har oylik kompensatsiya va bir martalik nafaqa umuman tölanmaganini ma'lum qilgan. Bundan taşqari, Lobar Rahmonova turmuş örtoğining vafoti tufayli yetkazilgan ma'naviy zarar uçun tölov undirişni ham söragan.
Uning da'vo talablari qanoatlantirilgan va sudning 2020 yil 7 noyabrdagi hal qiluv qaroriga köra javobgar «SBK Universal Construction Group» MÇJdan da'vogar Lobar Rahmonovaning 3 nafar farzandlarining har biriga 16 yoşga tölgunga qadar har oyda 727 ming sömdan kompensatsiya, 100 mln söm bir martalik kompensatsiya va yetkazilgan ma'naviy zarar uçun 300 mln söm undiriş belgilangan edi.
Bugun, 30 aprel kuni Fuqarolik işlari böyiça Toşkent şahar sudida uşbu masalani apellyatsiya tartibida körib çiqiş boşlandi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, oçiq ötgan sud majlisida «SBK Universal Construction Group» MÇJning advokati OAVlarining video, foto va ovoz yozib olişlariga rozi bölmagan. Şu bois OAV vositalari vakillariga sudda audio va video yozuvlarni olişga ruxsat berilmagan.












