2021 yil oxiriga qadar Özbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti tadqiqot yadro reaktorining avtomatik quvvatni boşqariş tizimi uçun möljallangan maxsus uskunalar bilan ta'minlanadi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Özbekistonning Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (MAGATE) huzuridagi doimiy vakolatxonasi ma'lumotiga köra, MAGATE ötgan ön yil mobaynida texnikaviy yordam loyihalari orqali mamlakat Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti ilmiy-tadqiqot yadro reaktorining eng muhim tugunlari va tizimlarini modernizatsiyalaşga kömaklaşmoqda. Loyihalar doirasida zamonaviy nazorat-himoya tizimi joriy etiladi, dozimetriya, elektr ta'minoti, şoşilinç şamollatiş tizimlari modernizatsiya qilinadi va sovitiş tizimi elementlari almaştiriladi.
Yaqinda MAGATE texnikaviy hamkorlik bölimi «Yadro fizikasi instituti tadqiqot yadro reaktorining yadroviy xavfsizligini oşiriş va samarali işlatilişini mustahkamlaş» loyihasi doirasida tadqiqot yadro reaktori avtomatik elektr nazorat tizimi uçun möljallangan maxsus uskunalarni yetkazib beriş böyiça Rossiyaning «SNIIP-SISTeMATOM» kompaniyasi bilan şartnoma imzoladi.
2021 yil oxirigaça yetkazilişi rejalaştirilgan mazkur uskunalar yadro reaktori xavfsizligini ta'minlaydi, şuningdek, undan foydalaniş tezligini oşiradi.
Mazkur loyihaning muhim tarkibiy qismi kadrlar malakasini oşirişga qaratilgan. Loyiha doirasida Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti mutaxassislarining MAGATE tomonidan ötkaziladigan öquv kurslari va seminarlarda iştiroki hamda yetakçi xorijiy markazlarga ilmiy safarlarini taşkil etiş közda tutilgan.











