Eron uranni boyitişda qöllanadigan ilğor sentrifugalardan foydalanişni boşladi. Bu haqda mamlakat parlamenti raisi Muhammad Bağir Ğolibof ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, mamlakat hukumati uşbu qadamni Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) Boşqaruvçilar kengaşi uçraşuvida Eronga qarşi rezolyutsiya qabul qilganiga javoban taşlagan.

Ğolibof Buyuk Britaniya, Germaniya, AQŞ va Fransiyaning yondaşuvini siyosiylaşgan va buzğunçi deb atadi.

MAGATE Boşqaruv kengaşi joriy hafta Eronni yadroviy dastur böyiça agentlik bilan tölaqonli hamkorlik qilişga noloyiq deya topgan rezolyutsiyani qabul qilgan edi. Ta’kidlanişiça, MAGATE Eronni Tehron yaqinidagi obektlarda qayta işlangan uran zarralari nima sababdan saqlanayotganini işonarli dalillar bilan asoslaşga çaqirgan.

Bundan taşqari, rezolyutsiya Eronni BMT kuzatuvçi organini uşbu yadroviy materialning hozirgi joylaşuvi töğrisida xabardor qilişga va MAGATE inspektorlariga mamlakatning barça yadroviy inşootlariga kirişni ta’minlaşga çaqiradi.

Rezolyutsiya, şuningdek, MAGATE boş direktori Rafel Grossidan uzoği bilan 2025 yil bahoriga qadar Eron yadroviy dasturi böyiça yangilangan baholaşni taqdim etişni talab qiladi.

Avvalroq Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbari Rafael Grossi bilan uçraşgandi. Grossi Eronga muzokaralar ötkaziş uçun kelgan. U Eron taşqi işlar vaziri Abbos Arakçi va Eron yadroviy idorasi rahbari Muhammad Islom bilan ham uçraşuvlar ötkazgan. 14 noyabr kuni MAGATE direktori mamlakat hududidagi bir neçta yadroviy obektlarga taşrif buyurib, Eron yadroviy dasturining rivojlanişi borasidagi töliq kartina bilan tanişgandi. Pizişkiyonning sözlariga köra, Eronning yadroviy dasturi faqat tinçlik maqsadlariga qaratilgan va MAGATEning barça talablariga mos keladi.

Şuningdek, MAGATE Boşqaruvçilar kengaşi Ğarbning Eronga qarşi rezolyutsiyasini qabul qilmasa, Tehron 60 foizgaça boyitilgan uran zaxiralarini oşirişdan boş tortişi mumkinligi töğrisida xabar berilgandi.