Agar siz ham Turin şahrida oson avtomobil ijaraga olişni istasangiz, uşbu servisni taklif qilaman: noleggiare.it

Jyenoa haqida qisqaça

Liguriya viloyatining poytaxti bölmiş Jyenoa şahri qadimdan Italiya va butun jahon uçun muhim port sifatida xizmat qilib kelgan. Kattaligi böyiça 6-örinda turadi, şaharda va şaharga yaqin zonalarda 1,5 million kişi istiqomat qiladi. Şahardagi port Italiyada eng band, Yevropa Ittifoqida esa ön ikkinçi eng band port hisoblanadi. Butun dunyo taniydigan maşhur sayohatçi, Amerika qit'asiga Yevropadan birinçilardan bölib qadam bosgan Xristofor Kolumb ham Jyenoa şahrida tavallud topgan.

Taşrif buyuriş şart bölgan manzillar (must-visit places)

Piazza De Ferrari — De Ferrari maydoni

2,5—3 soatlik yöldan söng birinçi bölib şaharning yuragi bölmiş De Ferrari maydoniga kirib bordik. Maydon markazini 1936 yilda qurib bitkazilgan bronza favvora bezab turibdi. Bu yerda yana 1920 yilda qurilgan Liguriya viloyatining administrativ ofislari (Palazzo della Regione Liguria), qimmatli qoğozlar yangi ofisi, (Palazzo della Nuova Borsa), Liguriya san'at akademiyasi (Accademia Ligustica di Belle Arti) va Karlo Felich teatri (Teatro Carlo Felice) joylaşgan. GENOVA deb nomlangan metall ijod asari uşbu joyni öziga xos «instagrambop» maskanga aylantirgan.

Mura di Genova – Jyenoa devorlari

Porta Soprana

XII asrda qurilgan devorlar şahar uçun qörğon vazifasini ötagan va örta asrlarda şaharni turli hujumlardan ham himoya qilgan. Eng maşhur eşigi – Porta Soprana (Santa Andrea minorasi) bölib, undan bir neça qadam narida Xristofor Kolumb tuğilib ösgan uy joylaşgan. Uy XVIII asrda qayta ta'mirdan çiqarilib, hozirgi kunda muzeyga aylantirilgan.