Özbekiston—Yaponiya strategik şeriklik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
2019 yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oşirilgan oliy darajadagi taşrifdan söng amaliy hamkorlikda, oçiq va samarali muloqotda yuksak natijalarga erişilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Davlat rahbari yangi Özbekistonni barpo etiş böyiça mamlakatda amalga oşirilayotgan kompleks islohotlar dasturini faol qöllab-quvvatlayotgani hamda koronavirusga qarşi kuraş va pandemiyaning iqtisodiy oqibatlarini yengib ötişda körsatilgan yordam uçun Yaponiya boş vaziri va hukumatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Yaponiya boş vaziri, öz navbatida, yangilanişlarni yanada ilgari suriş, zamonaviy sanoat va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş maqsadida Özbekistonga moliyaviy-texnik kömakni kengaytirişga tayyor ekanini ta'kidladi.
Yaponiya tomoni Toşkent Koreya yarimorolini yadroviy quroldan xoli hududga aylantiriş va öğirlangan yapon fuqarolarini qaytariş masalasini muttasil qöllab-quvvatlayotgani uçun alohida minnatdorlik bildirdi.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi.
Özbekiston prezidenti JISA agentligi, Yaponiyaning yetakçi kompaniyalari va bank-moliya institutlari bilan samarali şeriklikni yuksak baholadi. 2020 yilda, global inqiroz va karantin çeklovlariga qaramay, yaponiyalik sarmoyador va mutaxassislar bilan birgalikda Töraqörğon IES qurilişi, Navoiy IESni kengaytirişning ikkinçi bosqiçi, «Navoiyazot» korxonasida ammiak va karbamid işlab çiqariş böyiça yuqori texnologik quvvatlarni işga tuşiriş kabi ustuvor loyihalar amalga oşirildi.
Özaro savdo va investitsiyalar hajmini oşiriş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş muhim ekani alohida ta'kidlandi.
Davlat rahbarlari qöşma biznes loyihalarni moliyaviy qöllab-quvvatlaşning samarali vositalarini joriy etiş taşabbusini ma'qulladilar.
Şuningdek, xalqaro kun tartibi, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Tomonlar «Markaziy Osiyo + Yaponiya» formatidagi amaliy hamkorlikni kengaytirişga tayyor ekanliklarini qayd etdilar.
Yaponiya boş vaziri 2021 yil iyul oyida Toşkent şahrida ötkaziladigan Markaziy va Janubiy Osiyoning özaro boğliqligiga bağişlangan xalqaro konferensiyani qöllab-quvvatlaşini va uning işida iştirok etişini ta'kidladi.











