Oliy ta'lim muassasalarida çet tillari yönalişidagi fakultetlarda qabul kvotalari ikki baravarga, grant örinlar soni uç baravarga oşiriladi. Bu haqda xalqaro press-klubning «Xorijiy tillarni örgatiş böyiça yangi tizim — kelajak uçun mustahkam poydevor» nomli sessiyasida Yoşlar işlari agentligi direktori örinbosari Farrux Omonov ma'lum qildi.

Direktor örinbosarining qayd etişiça, şu davrga qadar 25ta oliy ta'lim muassasasida çet tili mutaxassislari uçun 8000ta kvota ajratilgan bölsa, endilikda ularning soni ikki baravarga oşiriladi. Ya'ni qabul kvotalari 16000taga yetkaziladi va grant örinlar soni 3 baravarga oşiriladi. Ingliz tilidan dars beruvçi mutaxassislar uçun metodikani örgatiş maqsadida «El-yurt umidi» jamğarmasi tomonidan ham alohida kvotalar ajratilmoqda.

Şuningdek, oliy ta'lim muassasasiga kiriş istagida bölgan yoşlar uçun til örganadigan xususiy öquv markazlarining kamligi va ularda narxlarning ança qimmat ekanligi ham tahlil qilindi.

«Respublikadagi til örganiş markazlarini, ya'ni nodavlat ta'lim muassasalarini tahlil qilganimizda ular asosan şahar va viloyat markazlarida joylaşgani ma'lum böldi. Bunday hududlardan uzoqlaşilgani sari bunday markazlar soni kamayib boraveradi. Davlat rahbari tomonidan ham faqatgina davlat ta'lim resurslari bilan çeklanib qolmasdan, nodavlat ta'lim muassasalari kuçidan ham foydalaniş, ularni köpaytiriş haqida topşiriq berildi», dedi Farrux Omonov.

Yaqinda taşkil etilgan Xorijiy tillarni ommalaştiriş agentligi tomonidan 10ta tilni ommalaştiriş böyiça iş olib borişi yölga qöyiladi. Bu orqali davlat va nodavlat sektoridagi öquv kurslarida xorijiy tillarni örgatiş qöllab-quvvatlanadi va pulli öquv kurslariga bölgan talab qondiriladi.

Eslatib ötamiz, 6 may kuni prezident boşçiligida ötkazilgan çet tillarini öqitiş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlariga bağişlangan videoselektor yiğilişida Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş agentligi taşkil etilişi ma'lum qilingan edi.

Bu agentlik dunyoda samarali natija bergan öqitiş metodikalari, dastur va darsliklarini ta'lim tizimida joriy etib, xorijiy tillarni mukammal özlaştirişga kömaklaşadi. Ta'lim muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan kelib çiqib, kamida 10ta (ingliz, rus, nemis, fransuz, xitoy, koreys, yapon, turk, arab, fors) çet tilini örgatişni taşkillaştiradi.

Bundan taşqari, mazkur yiğilişda har bir tuman hokimlariga maktablardagi çet tili xonalarini kerakli jihozlar bilan ta'minlaş uçun 1 mlrd sömdan mablağ ajratiş haqida körsatma