Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni örganişni ommalaştiriş agentligi taşkil etilişi ma'lum qilindi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev 6 may kuni ötkazilgan çet tillarini öqitiş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişida ma'lum qildi.
Prezidentning ta'kidlaşiça, bu Agentlik dunyoda samarali natija bergan öqitiş metodikalari, dastur va darsliklarini ta'lim tizimida joriy etib, xorijiy tillarni mukammal özlaştirişga kömaklaşadi. Ta'lim muassasalari, tarmoqlar va hududlarning ehtiyojidan kelib çiqib, kamida 10 ta çet tilini örgatişni taşkillaştiradi.
Xalqaro sertifikatning dastlabki va örta darajasini olgan öqituvçilarning oylik maoşiga 40 foiz, yuqori natija körsatganlarga 50 foiz ustama berilişi belgilandi.
Bundan taşqari, yuqori ball olgan öqituvçilarga xalqaro sertifikat oliş uçun test topşiriş xarajatlari qoplab beriladi. Kelgusi yildan boşlab, işga qabul qilinayotgan çet tili öqituvçilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega böliş talabi kiritiladi.
Keyingi uç yil davomida maktablardagi 53 ming nafar çet tili öqituvçilarining barçasi xalqaro sertifikat olişi zarurligi ta'kidlandi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, maktablardagi vakant örinlarni malakali mutaxassislar bilan töldiriş vazifasi qöyildi.
Çet tillarini çuqur örgatiş maqsadida tuman va şaharlarda 207 ta maktab tanlab olingan. Uşbu maktablarda xorijiy kitoblar, ilğor öquv dasturlari va metodikalaridan erkin foydalaniş hamda fanlarni çet tilida öqitiş yölga qöyiladi.
Viloyat hokimliklariga maktablarda çet tilini öqitiş sifatini oşiriş uçun mahalliy budjetdan har bir tuman va şaharga 1 milliard sömdan mablağ ajratişga körsatma berilgan.
Videoselektor yiğilişida mutasaddi rahbarlar va öqituvçilar öz fikr-mulohazalarini bildirdi.








