Şu yerlik oqsoqollarning aytişiça, mana şu joy – Farğona vodiysining geografik markazi ekan.
Biz bu sözlarga işonib-işonmay, mavzu yuzasidan Andijon davlat universiteti professori, geografiya fanlari nomzodi Möminjon Mamajonov bilan suhbatlaşdik.
«Farğona vodiysi – Çotqol, Qurama, Farğona, Oloy, Turkiston toğ tizmalari örtasida joylaşgan. Farğona vodiysida Qirğizistonning Öş, Jalolobod, Batken viloyatlari; Tojikistonning Xöjand viloyati, Özbekistonning Namangan, Andijon va Farğona viloyatlari ma'muriy jihatdan joylaşgan.
Farğona vodiysi 78 ming kv. km maydonni egallab, ğarbdan şarqqa 475 km.ga, şimoldan janubga 265 km masofaga çözilgan.

Uluğnor tumani «Oqtom» MFYda joylaşgan monument 1973 yili Özbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinçi kotibi Şarof Raşidov hamda Andijon viloyati obkomi birinçi sekretari Bektoş Rahimovlar taşabbusi bilan, Farğona markaziy çöllarini özlaştirişga hissa qöşgan paxtakorlar, dehqonlar, işçilar, xizmatçilarning ramzi sifatida örnatilgan.


Xöş, mana şu çölning örtasiga örnatişdan asosiy maqsad nima edi? Çunki öşa davrda Şarof Raşidov va Bektoji Rahimov Farğona vodiysining markazini topişgan. Farğona vodiysining markazi deb aytilişining asosiy sababi – ğarbdan şarqqa va şimoldan janubga qadar çözilgan masofaning kesişgan nuqtasi, mana şu monument joylaşgan yerni Farğona vodiysining markazi deb hisoblaşgan.

Monument örnatişdan maqsad – uning tagiga gul qöyiş, ziyorat qiliş maskaniga aylantiriş emas, aholiga Farğona vodiysining markazi haqida ma'lumot beriş xolos.
Biz turgan joyda ikkita suv kollektori oqib ötadi. Ularning biri Sariqjöga, ikkinçisi esa Qorajöga deb ataladi. Mana şu ikkala jöga markaziy Farğona çöllari yerosti suvlarining sathini pasaytirişga xizmat qiladi va özlarining suvlarini Norin daryosiga quyadi», – deydi Möminjon Mamajonov.











