Havo harorati pasayişi ortidan metan zapravkalar faoliyatiga çeklovlar kiritilgan edi. Bungaça kunning ma’lum vaqtida işlab turgan vodiydagi AGslar 19 dekabrga kelib faoliyat yuritişdan töxtadi. Energetika vazirining taqçillik paytda zapravkalarga köçma konteynerlarda gaz yetkazib berilişi haqidagi va’dasi çippakka çiqdi. Farğonadagi zapravkalarda haydovçilar hanuz yöq gazga navbati kelişini kutib turişibdi.
Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Oliy Majlis Qonunçilik palatasida energetika tizimida amalga oşirilgan işlar yuzasidan hisobot berar ekan bu yilgi qiş mavsumida vodiy viloyatlaridagi gaz quyiş stansiyalarida yuzaga kelişi mumkin bölgan taqçillikni bartaraf etiş maqsadida köçma konteynerlarda gaz yetkazib berilişini ma’lum qilgandi. Bu xabar qiş qarşisida turgan haydovçilarni xursand qildi. Lekin bu xursandçilik uzoqqa çözilmadi. Vodiy viloyatlaridagi metan zapravkalarining darvozasiga hamon qulf osilgan. Energetika vazirligi 22 dekabr kunidan soat 10:00 dan 16:00 ga qadar respublika böyiça barça metan quyiş şoxobçalari odatdagi rejimda faoliyat yuritişi haqida ma’lum qildi. Keyinçalik vazirlik zapravkalarning iş vaqti hokimliklar bilan kelişilgan holda, gaz bosimidan kelib çiqib amalga oşirilişini bildirdi. Biroq şunda ham Farğonadagi zapravkalar oçilmadi. Kun.uz muxbiri Farğonadagi bir neçta AGslarda bölib holat bilan tanişdi:
Köçma konteynerning daragi yöq...
“Zapravkaga soat 12:00 da kelgandim. Gaz berilişini kutib zapravka atrofida aylanib yuribmiz-da endi. Gaz yöq heç qayerda. Telegramʼda bugundan soat 10:00 dan soat 16:00 gaça zapravkalar işlaydi, degan xabarni öqidim. Har yili vodiy viloyatlarida şunaqangi sarsongarçiliklar böladi-da. Bu masalaga yeçim topiş kerakku axir. Oddiy xalqning nima aybi bor ekan, endi bilmadim. Köpçilik qiynalyapti-da. Benzin qimmat. Köçma konteynerlar taqçillik paytda yordamga keladi deyişgandi. U ham yöq. Daragi yöqolib ketdi, bu haqda yozmay ham qöyişdi. Endi buning uçun qayerga uçraşiş kerak, kimga yana murojaat qiliş kerak, bilmayapmiz. Nima qilamiz endi. Yöq gazni kutib ötiribmiz. Çiqmagan jondan umid”, deydi haydovçilardan biri.
Soat 10:00 da oçiladi degani yolğon ekan...







